Daerah Ertis





Irtish tumani  — Pavlodar viloyatining shimoli-gʻarbiy tarafida, Irtish daryosining soʻng yoqasida joylashgan. Irtish Tumani 1928-yili tashkil etilgan. Tuman hududi 10,2 ming km², aholisi 19,459 kishi (2012). Tuman markazi — Irtish qishlogʻi

Geografiyasi



Tuman shimoliy tarafida Rossiyaning Omsk viloyati bilan, sharqida viloyatning Jelezin, Qashir tumanlari bilan, janubida Aqtoʻgʻay tumani bilan, gʻarbida Akmola viloyati bilan chegaradosh.

Iqlimi



Tuman iqlimi keskin kontinental. Bahor va kuz oylari oʻzgaruvchan, issiqdan sovuqqa almashib turuvchi harorati qisqadir. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −18 °C-ga, iyulning — +20 °C-ga teng. Yogʻingarchilikning aksar qismi yoz oyiga toʻgʻri keladi. Yogʻingarchilikning yillik miqdori — 250—300 mm. Yil davomida boʻronlar ham boʻlib turadi.

Aholisi



Tuman aholisi 2012-yili 19,459 kishini tashkil qildi. Tuman aholisining oʻrtacha zichligi 2012-yili 1 km² 1,9 kishidan toʻgʻri keldi.
Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil)


Hududiy boʻlinishi



Tuman tarkibida 18 ta qishloq mavjud:

Ijtimoiy soha




Taʼlim



2012-yilgi oʻquv yilining boshida 4140 oʻquvchisi bor 31 ta davlat kundizgi umumiy bilim beruvchi maktablari, 269 nafar oʻquvchisi bor 1 kasbiy-texnik maktab faoliyat yuritmoqda.

Tibbiyot



Davolash mahkamalar soni — 35, shulardan kasalxona, poliklinika, silga qarshi kasalxonalar faoliyat yuritmoqda.

Madaniyat



Klublar soni-22, kutubxonalar soni-19, muzey-1. Ikkita tuman nashrlari mavhud, shularning bittasi davlat tilidagi „Ertis nuri“, ikkinchisi — rus tilidagi „Irtish“.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz