Daerah Bayganin
Baygʻanin tumani — Aqtoʻbe viloyatining janubi-gʻarbiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 61,000 km. Aholisi 22,6 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km-ga 0,4 kishidan toʻgʻri keladi (2012). Tuman markazi — Qoravulkeldi qishlogʻi.
Tarix
1928-yil Aday okrugi tarkibidagi Tabin tumani nomi bilan tashkil topdi. 1929-yili tuman Aktyubinsk okrugiga tarkibiga qoʻshildi. 1940-yilda tuman nomi Baygʻanin tumani deb oʻzgartirildi. 1963-yil yanvar oyida tuman parchalandi va 1964-yil dekabr oyida qaytadan tashkillashtirildi.
Iqlimi
Iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –10 °С, iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 25°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori janubiy hududlarida 150 mm, shimolida 250 mm.
Madaniyat
Tumanda 20 kutubxona, 15 klub mahkamlari, 2 xalq hunar jamaosi xizmat koʻrsatadi. Tuman markazida muzey ham ochilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org