Daerah Amangeldi





Amangeldi tumani  — Qoʻstanoy viloyatining janubi-sharqida joylashgan tuman. Maydoni 22,6 ming km. Aholisi 16,894 kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 0,75 kishidan toʻgʻri keladi (2010). Batpaqqara tumani nomi bilan 1928-yili tashkil topgan. 1936-yili unga xalq qahramoni Amangeldi nimi berildi. Tumanning maʼmuriy markazi — Amangeldi qishlogʻi.

Geografiyasi



Janubi-shrqidan Jilanshiqturme (mutlaq balandligi 250 – 300 m) choʻqqisi, Aygʻirjal (300 – 350 m) va Qirgʻish togʻlarining shimoliy qoyalari (500 m) mavjud. Gʻarbiy tarafining ancha qismini „Torgʻay qoʻlati“ deb nomlanuvchi qadimgi vodiyning sharqiy qoyalari tashkil qiladi. U sharqiy tarafidan Sarioʻzen, Torgʻay, Jilanshiq daryolarining vodiylari bilan kesishadi. Foylali qazilmalari: qoʻngʻir koʻmir, temir koni, boksit va qurilish materiallari. Tuman hududini Qoʻstanoy — Amangeldi, Amangeldi — Orqaliq, Orqaliq — Yesil avtomobil yoʻllari, Orqaliq — Yesil temir yoʻlining janubiy qismi bosib oʻtadi.
Tumanda tabiiy suv kanallaridan Torgʻay, Tasti, Qarinsaldi, Uli Jilanshiq, Qabirgʻa, Qabirgʻa, Baygʻabil, Simtas, Qarasu, Moyildi, Sarioʻzen, Jaldama kabi koʻllar va daryolar ham mavjud. Umumiy avtomabil yoʻllarining uzunligi 806 km, shulardan 262 km asfalt yoʻllar.

Iqlimi



Iqlimi keskin kontinenttal, qishi sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 16 — 22 °C, iyulniki 22 — 24 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250 – 350 mm.

Aholisi



Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):


Hududiy boʻlinishi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz