Daerah Alga





Olgʻa tumani — Aqtoʻbe viloyatining shimoliy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 7,1 ming km. Aholisi 38 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km-ga 5,6 kishidan toʻgʻri keladi (2010). Tuman markazi — Olgʻa shahri.

Tarix



1933-yil Klyuchevoy tumani tumani boʻlib tashkil topdi. 1963-yili tuman nomi Olgʻa tumani deb oʻzgartirildi.

Geografiyasi



Olgʻa tumanining shimoli-gʻarbida Tasqoʻrali togʻi (balandligi 386,7 m), janubiy-gʻarbida Besoʻba togʻi joylashgan (balandligi 324 m). Ulardan boʻlak Oqquduq, Qoramen, Keruentau, Aqshoʻqi, Qayqi, Yeset, Besoʻba, Qoratepa, Nartau, Tasshoʻqi togʻlari bor. Foydali qazilmalaridan toshkoʻmir, neft, fosforit, qurulish materiallari va boshqalari uchraydi. Tuman hududi orqali Orenburg — Toshkent temir yoʻli, respublika ahamiyatiga ega Aqtoʻbe — Atirau avtomabil yoʻli oʻtadi.

Iqlimi



Iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –15 – 16 °С, iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 22 – 23°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 200 – 250 mm.

Sanoati



Mineral oʻgʻitlarini ishlab chiqaruvchi Aqtoʻbe «Nitroxim», «Neoxim» kimyo korxonalari, non, yogʻ zavodlari faoliyat yuritmoqda.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz