Daerah Akku





Lebyaji tumani 1939-yili tashkil topgan, Pavlodar viloyatining janubiy-sharqida joylashgan va janubiy-sharqida rossiyaning Oltoy oʻlkasi bilan, shimolida Sherbaqti tumani bilan chegaradosh, gaʼrbda tuman chegarasi Irtish orqali oʻtadi. Tuman maydoni 806,1 ming km. Pavlodar shahrigacha oraliq masofa 120 km.
Tuman markazi — Aqqu qishlogʻi.

Geografik sharoiti



Shimolida Pavlodar va Sherbaqti tumanlari bilan, sharqida — Oltoy oʻlkasi bilan, janubida — Sharqiy Qozogʻiston viloyati bilan, gʻarbida — May tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududidan Pavlodar — Semey avtomobil yoʻli oʻtadi.

Iqlimi



Tuman iqlimi jiddiy kontinentalli. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17º-18 °C, iyulniki — +20º+21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250–300 mm tashkil qiladi.

Aholisi



Tuman aholisining milliy tarkibi (2010-yil 1-yannvar):

Tarixi



Tuman Qozoq KSR Oliy Kengash Prezidiumining 1939-yilgi 16-oktabrdagi farmoniga binoan Lebyaji qishlogʻi markazi bilan Besqaragʻay, Qaganovich va Pavlodar tumanlarini kengaytirish natijasida tashkil topgan. Qozoq KSR Oliy Kengash Prezidiumining 1963-yilgi 2-yanvardagi farmoni bilan Lebyaji tuman tarqatildi, uning hududi esa Pavlodar tumanining tarkibiga qoʻshildi. Qazaq KSR Oliy Kengash Prezidiumining 1964-yilgi 31-dekabrdagi farmoniga binoan Lebyaji tumani qayta tashkil topdi. Qozogʻiston Respublikasining 1992-yilgi 18-dekabrdagi „Semey yaderli poligonidagi yaderli tajribadan zarar koʻrgan fuqorolarga ijtimoiy himoyalash haqidagi“ qonunga muofiq tuman radiatsiyali xavfli hudud hisoblanadi.


Hududiy boʻlinishi



Tuman tarkibida 11 qishloq bor: Lebyaji, Baymoʻlda, Jambul, Qazin, Qizilagʻash, Kizilasker, Mayqaragʻay, Malibay, Shaqi, Sharbaqti, Yamishevo.


Taʼlim



Tuman hududida 27 ta bilim beruvchi mahkamalar bor, shulardan 1 maxsus oʻrta, 18 oʻrta, 4 asosiy, 1 boshlangʻich, 3 maktab yoshigacha. Shu jumladan 6 filiali bor 305 kishi ishlaydigan bolalar-yosh oʻspirimlar sport maktabi bor.

Tibbiyot



Tibbiyot obʼektlari 24, uning 1 markaziy tuman kasalxonasi, 1 silga qarshi kasalxona, 8 shifokorlik ambulatoriya, 14 tibbiyot punkti.

Madaniyat



Tuman boʻyicha 18 madaniyat obʼektlari, 24 kutubxona va 1 „Bulaq“ kompleksi faoliyat yuritadi.
„Aqqu kuyi“ tuman nashri chiqadi. (1940-yildan buyon).

Taniqli shaxslar



Ijtimoiy mehnat qahramonlari:

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz