Dadra va Nagar-Haveli





Dadra va Nagar-Haveli (hindcha: दादर और नगर हवेली; gujarotcha: દાદરા-નગરહવેલી, Dādrā-Nagarhavelī, inglizcha: Dadra and Nagar Haveli) - Hindistondagi ittifokdosh hudud. Arabiston dengizi sohilida. Maydoni 0,5 ming km². Aholisi 220,4 ming kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Silvassa shahri. Hindiston yarim orolining shimoli-gʻarbiy qismida, Maharashtra va Gujarot shtatlari oraligida joylashgan. Asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiriladi. Sanoat tarmoqlari ham qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Silvassada palma tolasi ishlab chiqariladi. Meʼmoriy yodgorliklaridan Portugaliya mustamlakachilik davrida yevropacha qurilgan binolarning baʼzilari saqlanib qolgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz