Dadaxon Nuriy
Dadaxon Nuriy-taniqli yozuvchi, shoir va dramaturg.
Dadaxon Nuriy 1943 yilda Namangan shahrida tug‘ildi. 26-son maktabda, so’ng Hamza nomidagi musiqa bilim yurtida o‘qidi. Toshkent Davlat universitetining Sharq fakultetida o‘qib turib, Hamza nomidagi Akademik drama teatrida rassom bo‘lib ishladi. Bir necha yillar davomida maxsus maktablarda hind tilidan saboq berdi, so‘ng «Guliston», «Gulhan» jurnallari hamda O‘zbekiston televideniyesida adabiy xodim va muharrir bo‘lib ishladi. Uning dastlabki «Oqshom qo‘shiqlari» kitobi 1962 yilda bosilib chiqadi. «Begona», «Bog‘larda bahor», «Osmon ustuni» nomli roman va boshqa asarlarni yaratgan.
Bibliografiya va asarlar mavzusi juda keng: Nuriy o'nga yaqin kitob muallifi va Oybek nomidagi adabiyot mukofoti laureati. U sayohatga oid bir qator asarlar yozgan va O’zbekistondagi, Hindiston va Shri-Lankada eng qiziqarli joylarni ta’riflagan. Iqtidorli rassom va folklor, asarlarida batafsil tavsif va tarixiy mazmundagi matnni mohirlik bilan taqdim etadi. Darvoqe, publitsistika uning ijodida alohida o'rin tutadi va shu o’rinda uning Hindiston va Pokistonda o’tkazgan davri eng qiziqarlisidir.
Adib Dadaxon Nuriy hikoya yozadimi, qissa yoki roman yozadimi, zamon va zamondoshlar taqdirini yoritishga harakat qiladi. Goho lirik yo‘sinda, goho jiddiy, vazmin epik uslubda fikr yuritadi.
Dadaxon Nuriy yaratgan deyarli barcha nasriy asarlarda yoshlar hayoti, orzu-intilishlari, muhabbat va sadoqat tuyg‘ulari o‘z ifodasini topadi. Aytish kerakki, Dadaxon Nuriy o‘zi yaratgan hikoya, qissa va romanlari bilan qanchalik kitobxonga yaqin va uning e’tiborini qozongan bo‘lmasin, u mohir publitsist sifatida o‘quvchilari doirasini yanada kengaytirdi.
Dadaxon Nuriy O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Uning «Pskom osmonida qora bulutlar», «Shahar g‘ildiragi», «Toshkentga bomba kerakmi?», «Mushohada», «Bizdan keyin nima qoladi?» kabi publitsistik maqolalari mavzuining dolzarbligi, hujjatliligi va fosh yetuvchi quvvati bilan hozirgi o‘zbek publitsistikasining yorqin namunalaridan bo‘lib qoldi.
«Xumsondan chiqqan poshsho» asari esa adibning mohir hajvchi sifatidagi mahoratidan dalolat beradi. Yaqinda uning ma’naviy-axloqiy muammoga bag‘ishlangan «Badnom» degan yangi asari nashr etildi.
Manba: arboblar.uz
Uzpedia.uz