DADAMUHAMEDOV FASIHIDDIN G’ULOMOVICH



DADAMUHAMEDOV FASIHIDDIN G’ULOMOVICH (1953.26.5, Toshkent) — zargar, O’zbekiston Respublikasi xalq, ustasi (1998). Toshkent san’at institutini tugatgan (1975). Usta zargar N. Xolmashovdan hunar o’rgangan. 1985 yildan “Usto” birlashmasida zargar-usta, 2000 yildan xususiy ustaxonasida mehnat qiladi. Dadamuhaedov ijodida milliy zargarlik uslubini tikladi, an’analarini uyg’unlashtirdi va rivojlantirdi, shabaka, zig’irak, qolipaki, bosma usullarida buyumlar yaratdi: zirak, uzuk, bilaguzukdan iborat “Bozband”, “Panjara tumor”, “Uch ko’za” va boshqa to’plamlar, tillaqosh, zebigardon, uzuk, zirak va boshqa taqinchoqlar; buyumlar bezagida o’simliksimon naqshlarni keng qo’llaydi. Dadamuhamedov yaratgan buyumlardan namunalar respublika va chet mamlakatlar (AQSh, Angliya, Frantsiya, Isroil, Rossiya, Polsha va boshqalar) muzeylari, xususiy to’plamlarda saqlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz