Dabusiya
Dabusiya, Dabusqal’a — arxeologik yodgorlik (mil.av.Z-mil. 19-a.). Zarafshonning o‘ng qirg‘og‘ida, Okdaryo va Qoradaryoning tutashgan joyida, Ziyovuddin sh.dan 7 km shim.-g‘arbda joylashgan. Ark (1,4 ga) keng xandaq va shahriston (taxm. 2,2 ga) b-n o‘ralgan, atrofi rabod (60 ga dan ziyod)dan iborat. Antik davr qadahlari (mil. av.Z-a. — mil. 3-a.), ilk o‘rta asrlarga (6—7-a.lar) mansub tosh va sopoldan ishlangan buyumlar, sirlangan idishlar (9— 12-a.lar), tangalar, shisha idishlar va b. narsalar topilgan. 6—7-a.larda Buyuk ipak yo‘lida turgan Fay davlatining markazi. Arab xalifaligita qarshi So‘g‘dda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon paytida (8-a.). D.da 10 ming kishilik garnizon bulgan. 9—12-a.larda Samarqanddan Buxoroga boradigan «shoh yo‘li»da D. So‘g‘dning yirik shax-
ri hisoblangan. 13-a. boshida mo‘g‘ullar tomonidan vayron qilingan. 15—18-a. larga oid tarixiy manbalarda qal’a sifatida eslatib o‘tilgan. 19-a.da Buxoro amirligiga qarashli Ziyovuddin bekligining qal’asiga aylangan. Ark o‘rnida bek qal’asi joylashgan.
Manba
O'zME
arxeologik yodgorlik