Dabir



Dabir (so‘g‘dcha) — mamlakat hukmdorining shaxsiy kotibi. Ilk o‘rta asrlardan boshlab manbalarda uchraydi. Katta va kichik ma’muriy hudud hukmdorlarining mahkamasida kotib. Samarqandda Afrosiyob devoriy suratlari orasidagi so‘g‘dcha yozuvda kotiblar boshlig‘i — dapirpat. D.lar chuqur bilimli yetuk odamlar bo‘lishgan. Ular din, tarix, adabiyotni puxta bilishi, ajoyib uslubda yozishi va voqeani chiroyli so‘zlar b-n ifodalay bilishi lozim edi. D.ning sifatlarini Nizomiy Aruziy Samarqandiy o‘zining «Chor maqola» («To‘rt maqola») asarida batafsil bayon etgan. Hukmdorning boshqa hukmdorlar b-n yozishmalarining yuqori saviyada bitilishida D.ning mas’uliyati ulkan bo‘lgan.

Manba



O'zME
mamlakat hukmdorining shaxsiy kotibi



Uzpedia.uz