Dabba
Chov-yorgʻoq churrasi — moyak xaltasiga ichak va charvi sohasininig maʼlum bir qisimini tugʻma patologiya oqibatida tushib qolishi.
Etiologiya
Chov-yorgʻoq churrasi qorin churralari qatoriga kiradi. Qorin churralari anatomik, etiologik va klinik belgilar boʻyicha farqlanadi:
Patogenezi
Bolalarda chov-yorgʻoq churralari tugʻma boʻlib, sababi qorin parda qin oʻsimtasini oblitiratsiyasi bilan bogʻliq. Xomilaning 7- oyidan boshlab moyak qorin parda qin oʻsimtasi bilan yorgʻoqqa tusha boshlaydi. Bu jarayon tugʻilgandan soʻng tugaydi va qin oʻsimta oblitiratsiyaga uchraydi.
Bu jarayonni buzilishi turli patologiyalarga sabab boʻladi. Qin oʻsimta butunlay bitmay qolishi chov churralarini xosil qiladi. Chov-yorgʻoq churralarini chaqaloqni dastlabki 1-2 oyligida koʻrina boshlaydi. Bola yigʻlaganda va bezovta boʻlganda bilinadi.
Churra tarkibiy qismlari
— Churra darvozasi
— Churra qopi
— Churra aʼzosi
Klinik manzarasi
Chov sohasida yorgʻoq yoki jinsiy lablarda yumaloq yoki shishsimon hosila, uning qorin boʻshligʻiga bosim ortganda (yigʻlasa, kulsa, ogʻir yuk koʻtarsa) paydo boʻlishi. Odatda qorin boʻshligʻida bosim pasayganda yoʻqoladi lekin yana osonlikcha paydo boʻladi.
Asosan erkaklarda uchraydi. Churran 27 % erkaklarda uchrasa 3 % ayollarda uchrashi kuzatilgan.
Davolash
Churralar jarrohlik amaliyoti yordamida davolanadi.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org