Da Afgʻoniston banki
Da Afgʻoniston banki (
DAB , pushtucha: د افغانستان بانک ; dariycha: بانک مرکزی افغانستان ) Afgʻonistonda markaziy bank vazifasini bajaradi. U mamlakatdagi barcha bank va pul muomalalarini tartibga soladi. Hozirda bankning butun mamlakat boʻylab 46 ta boshqarmasi mavjud boʻlib, ulardan beshtasi Kobulda joylashgan. Bosh qarorgohi Kobulda.
Da Afgʻoniston banki 1939-yilda tashkil etilgan toʻliq davlat banki hisoblanadi. DAB moliyaviy inklyuzivlikni ragʻbatlantirish siyosatini ishlab chiqishda faol ishtirok etadi va Moliyaviy inklyuzivlik ittifoqi aʼzosi.
Tarixi
1918-1936 yillarda Afgʻoniston Gʻaznachiligi pul birligini dastlab - rupiyada, 1926-yil boshlab afgʻonida emissiya qila boshladi. 1933-yilda mamlakatda birinchi bank Afgʻoniston Milliy banki tashkil etilib, 1935-yildan banknotlarni muomalaga chiqara boshladi. 1939-yilda DA Afgʻoniston banki tashkil etildi. Ayni yildan bank banknotlarni emissiya qilishni boshladi .
Bank muhri
Da Afgʻoniston bankining muhri tepasida pushtu tilida bank nomi, pastida esa lotin yozuvida, bank tashkil etilgan 1939-yil hamda Evkratid I davriga oid tanga "Buyuk qirol Evkratidga tegishli" deb tarjima qilinuvchi "ΒΑΣΙΛΕΩΣ ΜΕΓΑΛΟΥ ΕΥΚΡΑΤΙΔΟΥ" yunoncha matn tasvirlangan.
Vazifasi
DABning asosiy vazifalari:
Oliy Kengashi
2021-yil iyul holatiga koʻra DAB Oliy Kengashi quyidagi aʼzolardan iborat edi:
2021-yil avgustida Afgʻoniston Islom Respublikasi parchalangani sababli Oliy Kengashning hozircgi holati nomaʼlum.
Raislari
AQShdagi aktivlarni musodara qilish
DAB Nyu-York Federal zaxira bankida saqlanadigan 7 milliard dollarga yaqin aktivlarga egalik qilardi. 2021-yilda Tolibon hokimiyatni egallab olganidan so‘ng, 11-sentabr hujumlari qurbonlarining 150 ga yaqin qarindoshlaridan iborat guruh Nyu-York janubiy okrugi uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari okrug sudidan "Havlish Bin Ladenga qarshi" ishi bo‘yicha ushbu aktivlar hozirda qonuniy ravishda Tolibonga tegishli ekanligi va shu sababli 11 sentabr qurbonlari oilalariga zararni to‘lash uchun ishlatishni talab qildilar. Muhokamalardan so‘ng, Bayden maʼmuriyati ushbu talabni bajarib, aktivlarni ikkiga bo‘ldi, ulardan biri daʼvogarlarga potentsial zarar sifatida ajratiladi, ikkinchisi esa "afg‘on xalqining ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlash" deb nomlangan, Tolibon hukumatining ularga kirishi taqiqlangan maqsadli jamg‘armani tashkil etish uchun ishlatiladi. 2022-yil 26-avgustda sudya zararni to‘lamaslikni tavsiya qildi, chunki bank “yurisdiksiyadan immunitetga ega” va bu harakat Tolibonni Afg‘onistonning qonuniy hukumati sifatida “tan olish sanaladi”.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org