D (kirill)




Д, д — oʻzbek kirill alifbosining beshinchi harfi. Til oldi, portlovchi, jarangli undosh tovush. Soʻz boshi (dara, dovon), oʻrtasi (bugʻdoy, madat), oxiri (obod, ozod)da kela oladi. Soʻz oxirida kelganda "d" tovushi jarangsizlashadi va "t" tarzida talaffuz etiladi (mas, obod-obot, ozod-ozot va h.k.). Bundan tashqari, soʻz oxirida kelgan yondosh undoshlardan biri (keyingisi) "d" boʻlsa, u tushib qoladi (mas, baland-balan, Samarqand-Samarqan va b.). Lekin bu hodisa imlo qoidalarida aks etmaydi. 1929—39 yillarda amalda boʻlgan oʻzbek lotin alifbosida ham beshinchi oʻrinda. 1995 yilda qabul qilingan keyingi oʻzbek lotin alifbosish uchinchi oʻrinda boʻlib Dd koʻrinishiga ega. Turkiy xalqlar, jumladan, oʻzbek xalqi uchun umumiy bulgan yozuvlarda bu harf oʻziga xos shaklga ega.


uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz