D – o’zbek kirill alifbosining beshinchi harfi. Til oldi, portlovchi, jarangli undosh tovush. So’z boshi (dara, dovon), o’rtasi (bug’doy, madat), oxiri (obod, ozod) da kela oladi. So’z oxirida kelganda “d” tovushi jarangsizlashadi va “t” tarzida talavvuz etiladi, (masalan, obod-obot, ozod-ozot va hokazo). Bundan tashqari, so’z oxirida kelgan yondosh undoshlardan biri (keyingisi) “d” bo’lsa, u tushib qoladi (masalan, baland-balan, Samarqand-Samarqand va boshqalar). Lekin bu hodisa imlo qoidalarida aks etmaydi. 1929-39 yillarda amalda bo’lgan o’zbek lotin alifbosida ham beshinchi o’rinda. 1995 yilda qabul qilingan keyingi o’zbek lotin alifbosini uchinchi o’rinda bo’lib Dd ko’rinishiga ega. Turkiy xalqlar, jumladan, o’zbek xalqi uchun umumiy bo’lgan yozuvlarda bu harf o’ziga xos shaklga ega.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish