D
D o‘zbek kirill alifbosining beshinchi harfi. Til oldi, portlovchi, jarangli undosh tovush. So‘z boshi (dara, dovon), o‘rtasi (bug‘doy, madat), oxiri (obod, ozod)da kela oladi. So‘z oxirida kelganda «d» tovushi jarangsizlashadi va «t» tarzida talaffuz etiladi (mas, obod-obot, ozod-ozot va h.k.). Bundan tashqari, so‘z oxirida kelgan yondosh undoshlardan biri (keyingisi) «d» bo‘lsa, u tushib qoladi (mas, baland-balan, Samarqand-Samarqan va b.). Lekin bu hodisa imlo qoidalarida aks etmaydi. 1929—39 y.larda amalda bo‘lgan o‘zbek lotin alifbosida ham beshinchi o‘rinda. 1995 y.da qabul qilingan keyingi o‘zbek lotin alifbosish uchinchi o‘rinda bo‘lib Dd ko‘rinishiga ega. Turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqi uchun umumiy bul- gan yozuvlarda bu harf o‘ziga xos shaklga ega.
Manba
O'zME
o‘zbek kirill alifbosining beshinchi harfi