Curtis Obeng




Curtis Obeng (talaffuzi: Kertis Obeng) (1989-yil 14-fevralda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Curtis Obeng „Manchester United“ futbol klubida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Curtis Obeng avvalroq „Manchester City“, „Wrexham“, "Swansea City", „Fleetwood Town“, „York City“, „Stevenage“, „Newport County“, „Macclesfield Town“, „Altrincham“, „Solihull Moors“, „Nuneaton Borough“ va „Macclesfield“ futbol klublarida oʻynagan.

Yoshligi va shaxsiy hayoti



Curtis Obeng Manchesterning Stretford shahrida tugʻilgan. Curtis Obeng ganalik hisoblanadi.


Klublardagi oʻyin faoliyati




Dastlabki oʻyin faoliyati



Curtis Obeng oʻz faoliyatini "Manchester City" futbol klubining yoshlar jamoasida boshlagan. Curtis Obeng 2007-yilda „Manchester City“ futbol klubi bilan ikki yillik professional shartnoma imzoladi, ammo 2008—2009-yilgi mavsum klubni tark etdi. Angliya Premer-ligasi vakili „Wigan Athletic“ futbol klubi bilan sinovdan soʻng, Curtis Obeng 2009-yil 1-avgustda Premer konferensiya vakili „Wreham“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2011-yilning iyun oyida Curtis Obeng shartnomasini yana 18 oyga uzaytirdi.

Swansea City




Curtis Obeng 2012-yilning 31-yanvarida 200 ming funt sterling evaziga 3 yarim yillik shartnoma asosida Angliya Premer-ligasining vakili „Swansea City“ futbol klubiga oʻtdi. Keyin Curtis Obeng 2012-yil 25-oktyabrda Ikkinchi liga vakili „Fleetwood Town“ futbol klubiga ikki oyga ijaraga yuborildi. Curtis Obeng „Fleetwood“ klubi tarkibida oltita oʻyinda maydonga tushdi.

Curtis Obeng 2013-yilning 30-yanvarida Ikkinchi liga vakili „York City“ futbol klubi bilan bir oylik ijara shartnomasi imzoladi. Curtis Obeng „York City“ klubi uchun toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi.

2014-yilning 18-fevralida Curtis Obeng Birinchi liga vakili „Stevenage“ futbol klubi bilan mavsum oxirigacha ijara asosida qoʻshildi.

2014-yil 23-oktyabrda Curtis Obeng „Newport County“ futbol klubiga bir oylik ijara asosida qoʻshildi va keyinchalik shartnoma muddati 23-dekabrgacha uzaytirildi. Curtis Obeng „Swansea City“ klubiga 2014-yilning 17-dekabrida „Newport County“ futbol klubi tarkibida oltita oʻyinda maydonga tushib qaytdi.

2015-yil 28-mayda Curtis Obengning „Swansea City“ futbol klubi bilan imzolagan shartnoma muddati nihoyasiga yetdi.


Keyingi oʻyin faoliyati



Curtis Obeng 2016-yil 27-oktaybrda Milliy Llga k valili"Macclesfield Town" futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. 2016-yil 22-noyabrda Curtis Obeng Milliy liga vakili „Solihull Moors“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Beshta oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, 2017-yil 20-yanvarda „Solihull“ futbol klubini tark etdi. Curtis Obeng 2017-yilning iyulida futboldan ketgan.


Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati



Curtis Obeng 2008-yil 5-fevralda Xorvatiya milliy terma jamoasiga qarshi oʻyinda Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy terma jamoasi safida ilk oʻyinini oʻtkazdi. Curtis Obeng 2008-yilda 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy terma jamoasida toʻrt marta maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz