Crash (film)




Crash (tarjimasi „Toʻqnashuv“) — rejissyor Paul Haggis tomonidan suratga olingan, 2004-yil sentyabr oyida Toronto kinofestivalida premyerasi boʻlib oʻtgan va 2005-yilda xalqaro prokatga chiqqan dramatik film. Film koʻplab tanqidchilar uchun kutilmaganda „Oscar“ tanlovi „Eng yaxshi film“ nominatsiyasida sevimli deb hisoblangan „Brokeback Mountain“ filmini magʻlub etgan.

Film uch karra „Oscar“ sovrindori, ikki karra BAFTA sovrindori va ikki karra „Oltin globus“ mukofotiga nomzod boʻlgan. Undan tashqari film bir nechta mukofot va nominatsiyalarga sazovor boʻlgan. Filmda ishtirok etgan Dillon Academy Awards, BAFTA, Oltin globus va Screen Actors Guild marosimlarida „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor“ nominatsiyasini olgan.

Mazmuni



Film bir nechta avtohalokatlar, otishmalar va avtoulovlarning oʻgʻirlanishi orqali bir umumiy mavzu ostida birlashtirilgan bir nechta (men, men dunyodaman, men jamiyatdaman) qisqa hikoyalardan iborat. Deyarli barcha personajlar syujet davomida oʻz eʼtiqodlarini qayta koʻrib (oʻrganib) chiqishlari kerak boʻlgan mojarolarda ishtirok etadilar. Shuningdek, film davomida tomoshabin qahramonlarga bergan baholarini va ular haqidagi fikrlarini doimiy ravishda oʻzgartirishga majbur boʻladi. Sakkiz syujetning har birida rejissyor asosiy muammodan tashqari irqchilik, turli madaniyatlar toʻqnashuvi muammosini ham koʻtaradi. Turli xil personajlar ishtirokidagi epizodlar orqali bu film voqelik, hayot haqiqati va undagi munosabatlarni koʻrsatib beradi. Hikoyalar bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlsa-da, tomoshabin film orqali dunyoda nima boʻlishini oldindan aytib boʻlmasligini va uni naqadar shafqatsiz ekanligini koʻrishi mumkin.

Rollarda




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz