Cosmopolitan Russia
Cosmopolitan Russia — „Cosmopolitan“ jurnalining rus tilidagi nashri. „Cosmopolitan Russia“ postsovet davrida Rossiyada nashr etilgan birinchi xalqaro ayollar jurnali edi. „Cosmopolitan Russia“ jurnali 2022-yilda mart oyida „Cosmopolitan“ jurnali bilan aloqasini tugatdi va oʻz nomini „Voice“ deb oʻzgartirdi.
Tarixi
"Cosmopolitan Russia" jurnali 1994-yildan Rossiyada nashr etila boshlagan.Jurnalning birinchi soni 1994-yil may oyida chop etilgan. Dastlabki sonning birinchi sahifasida Sindy Crawfordning rasmi bor edi. „Cosmopolitan Russia“ jurnalining muharrirlari gollandiyalik jurnalist Ellen Verbeek va rossiyalik jurnalist Elena Myasnikova edi. „Cosmopolitan Russia“ jurnali Moskvada nashr etilgan.
„Cosmopolitan Russia“ jurnali „Sanoma Independent Media“ kompaniyasining Rossiyadagi shoʻbasi tarkibiga kirgan. „Sanoma Independent Media“ kompaniyasiga Derk Sauer asos solgan va kompaniya 2005-yilda Finlandiyaning „SanomaWSOY“ media kompaniyasi tomonidan sotib olingan. „Cosmopolitan Russia“ jurnali Rossiyadagi „Fashion Press“ kompaniyasi tomonidan har oyda nashr etilgan. „Fashion Press“ kompaniyasi egalari Sanoma va Hearstning shoʻba korxonasi „Hearst Shkulev Media“ hisoblangan. Polina Sokhranova 2015-yildan boshlab „Cosmopolitan Russia“ jurnalining bosh muharriri boʻlgan. Maya Akisheva jurnalning Qozogʻistondagi muharriri boʻlib ishlagan.
2015-yil iyun oyida „Sanoma Independent Media“ kompaniyasi „Cosmopolitan Russia“ nashriyotini oʻzining hamkori „Hearst Shkulev Media“ga sotishni rejalashtirgan. Biroq bu taklif Rossiya Federatsiyasining Monopoliyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan rad etilgan. 2022-yil may oyida Rossiyadagi „Independent Media“ kompaniyasi „Cosmopolitan Russia“ jurnalining nomi mahalliy brend nomi bilan almashinishini eʼlon qildi.
Tiraj
"Cosmopolitan Russia" jurnalining birinchi soni 50 000 nusxada sotilgan. 2005-yilda „Cosmopolitan Russia“ jurnali 1 000 000 nusxada sotilgan va Guinnesning rekordlar kitobiga „eng koʻp nusxada sotilgan jurnal“ sifatida kiritilgan. Oylik nashrning tiraji 2009-yilda 1 050 000 nusxani tashkil etgan. 2014-yil may va oktyabr oylari orasida „Cosmopolitan Russia“ jurnali 800 000 nusxada nashr etilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org