Come On Over Baby (All I Want Is You)
„
Come On Over Baby (All I Want Is You) “ amerikalik qoʻshiqchi Christina Aguilera ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning Christina Aguilera nomli debyut studiyaviy albomiga kiritilgan. 2000-yilning 11-iyulida albomning toʻrtinchi va yakuniy singli oʻlaroq RCA Records leyblida eʼlon qilingan. Qoʻshiq matni Johan Åberg, Paul Rein, Christina Aguilera, Ron Fair, Chaka Blackmon, Raymond Cham, Eric Dawkins, Shelly Peiken va Guy Roche tomonidan yozilgan. Taronaning albom versiyasiga Aaron Zigman, Åberg va Rein, qayta yozilgan versiyasiga esa Fair va Celebrity Status produserlik qilgan.
„Come On Over Baby (All I Want Is You)“ qoʻshigʻi musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilangan. Qoʻshiq savdosi ham chaqqon boʻlgan. Billboard Hot 100 chartida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Avstraliya va Birlashgan Qirollik kabi bir qancha mamlakatlar musiqa chartlarida yuqori oʻntalikka kirgan. Qoʻshiq uchun klip ham suratga olingan boʻlib, unga Paul Hunter rejissorlik qilgan. Klip 2000-yilning iyulida MTV telekanalida premyera qilingan.
Treklar roʻyxati
US single Birlashgan Qirollik maxi-CD
Australian single[4]
Birlashgan Qirollik 12" vinyl
Chartlar
Reliz tarixi
Manbalar
uz.wikipedia.org