Colleen Hoover
Colleen Hoover (1979-yil 11-dekabr) – amerikalik yozuvchi, asosan ishqiy, romantik va fantastika janrlarida romanlar yozadi.
Hayoti
Colleen Hoover 1979-yilning 11-dekabrida Texasning Sulphur Springs shahrida tugʻilgan.Uning asl ismi Margaret Colleen Fennell boʻlgan. Colleen Texasning Saltillo shahrida oʻsgan va 1998-yilda Saltillo oʻrta maktabini tamomlagan.2000-yilda Heath Hooverga turmushga chiqgan va ularning uchta oʻgʻli bor(Cale, Levi va Beckham).
Colleen Hoover Texas A&M-Commerce universitetini ijtimoiy ish boʻyicha oʻqigan va shu yerni tugatgan. U mualliflik faoliyatini boshlashdan oldin turli ijtimoiy ishlarda ishlagan va oʻz vaqtida oʻqituvchilik ham qilgan.2016-yilda chop etilgan „ It Ends with Us“ ishqiy romani bilan
mashhurlikka erishadi. Uning koʻpgina asarlari nashriyot tomonidan olib ketilgunga qadar mustaqil ravishda nashr etilgan.2022-yil oktabr holatiga koʻra, Colleen taxminan 20 million kitob sotgan. Time jurnali tomonidan 2023-yilda dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri deb topilgan. .Colleen oʻz oilasi bilan 2015-yilda „The Bookworm Box“ xayriya kitob doʻkoniga asos soladi. U yerda har yili kitobga imzo chekish(Book Bonanza) boʻlib oʻtadi, unda 200 dan ortiq mualliflar ishtirok etadi, shuningdek, kam taminlanganlarga oziq-ovqat bilan taminlash uchun mablagʻ yigʻish yillik auksionlari ham oʻtkaziladi. Butun mamlakat boʻylab boshqa xayriya tashkilotlari ham bunda qatnashadi. Bugungi kunga qadar „The Bookworm Box“ muhtojlarga yordam berish uchun 1 000 000 AQSH dollaridan ortiq xayriya qilgan.
Asarlari
Mukofotlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org