Clubhouse




Clubhouse  — ovozli muloqotga uchun moʻljallangan ijtimoiy tarmoq. Dastur 2020-yilda Alpha Exploration Co. dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishga tushirilgan. 2020-yil dekabr holatiga koʻra, dastur deyarli 100 million dollarga baholangan.
2021-yil 21-yanvarda bu koʻrsatkich 1 milliard dollarni tashkil etgan.

Tarix



IOS uchun Clubhouse 2020-yil aprel oyida ishga tushirilgan.

Ijtimoiy tarmoqning birinchi ishlab chiquvchilari Stanford universitetida oʻqigan dasturchilar Roen Set va Pol Devison edi.

Ilova COVID-19 pandemiyasining dastlabki oylarida, ayniqsa, 2020-yil may oyida Andreessen Xorovits — 12 million dollarlik A seriyali venchur sarmoyadorlik kompaniyasidan keyin mashhurlikka erishdi.

2020-yil dekabr holatiga koʻra, ilovadan roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni 600 000ni tashkil etgan.

Ilova Germaniyada 2021-yil yanvar oyida nemis podkastlarining boshlovchisi Filipp Klyokner va Filipp Glyokler Telegram guruhi orqali taklifnomalar tarmogʻini ishga tushirib, nemis boshlovchilari, jurnalistlari va siyosatchilarini platformaga olib chiqdi. Shundan soʻng Clubhouse germaniyada keng qoʻllanila boshlandi.

2021-yil aprel oyida xizmat Payments funksiyasi ishga tushirilganini eʼlon qildi, bu orqali foydalanuvchilar platformadagi kontent yaratuvchilariga toʻlovlarni yuborishlari mumkin boʻladi. Kompaniyaning oʻzi xayr-ehsonlardan pul olmaydi, lekin toʻlovni qayta ishlash uchun xizmat haqini oladi.

„Kasperskiy laboratoriyasi“ mutaxassislari Clubhouse nomidan foydalanilgan holda telefonlar uchun yaratilgan 40 dan ortiq xavfli tahdidlarni aniqladi.

Ushbu sxema doirasida kiberjinoyatchilar Anubis kabi xavfli dasturni ham tarqatgan. Ushbu Android uchun katta zarar keltiruvchi dasturiy taʼminot bank yoki onlayn xarid dasturlaridan foydalangan holda telefon egasining moliyaviy maʼlumotlarini oʻgʻirlaydi.

2021-yil aprel oyida Twitter ijtimoiy tarmogʻi tobora ommalashib borayotgan Clubhouse ovozli chat ijtimoiy tarmogʻini sotib olish boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi. Kompaniya Clubhouseni taxminan 4 milliard dollarga baholagan.

Android uchun Clubhouse



2021-yil yanvar oyida kompaniya „tez orada“ Android uchun moʻljallangan ilova ustida ish boshlashini eʼlon qildi. Elon Musk GOOD TIME klubiga intervyu berganidan keyin Clubhousening mashhurligi sezilarli darajada oshdi.

2021-yil may oyida Android ilovasining beta sinovlari boshlandi. 2021-yil 9-mayda dastur AQSh aholisi uchun foydalanishga taqdim etildi.

Taqiqlar



Clubhouse 2021-yil fevral oyining boshigacha Xitoy tomonidan senzura qilinmagan va bloklanmagan. Shu davr oraligʻida Clubhouse oʻziga koʻplab xitoylik foydalanuvchilarni jalb qildi. Ular ijtimoiy tarmoqda turli mavzularda muhokama qildi. Masalan, siyosiy mavzulardan biri Gong Kongdagi norozilik namoyishlari va Tayvanning siyosiy maqomi haqida.

2021-yil 8-fevralda ilova Xitoyning koʻplab qismida bloklandi.

2021-il 14-martda dastur Ummonda regulyator tuzilmasida roʻyxatdan oʻtmagani sabab bloklandi.

Tavsif



Clubhouse turli mavzulardagi suhbatlar, tok-shoular, musiqa, tarmoq, tanishuv, nutqlar, siyosiy munozaralar va hokazolarni oʻz ichiga oladigan koʻplab klublar va virtual xonalarni taklif qiladi. Foydalanuvchiga obuna boʻlish orqali siz unga tegishli boʻlgan „xonalar“ roʻyxatini koʻrishingiz mumkin boʻladi.

Ilovada siz Clubhouseda virtual suhbatlar oʻtkazadigan Dreyk, Kevin Xart, Tiffani Xaddish, Mark Zuckerberg kabi mashhur insonlarni uchratasiz.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz