Clostridia
Clostridia - Bacillota sinfining yuqori polifiletik turi boʻlib, shu jumladan Clostridium va boshqa shunga oʻxshash avlodlarga mansub tur hisoblanadi. Ular Batsillalar guruhidan aerob nafas olish yoʻqligi bilan ajralib turadi. Ular majburiy anaeroblar boʻlib, kislorod ular uchun juda zaharli hisoblanadi. Clostridia sinfining turlari koʻpincha Gram-musbat (qarang Halanaerobium) boʻladi (lekin har doim ham emas) va noqulay sharoitlarda spora hosil qilish qobiliyatiga ega. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, ular monofiletik guruh hisoblanmaydi va ularning biologik munosabatlari toʻliq aniqlangan emas. Hozirgi vaqtda koʻpchilik Clostridiales deb nomlangan bakteriyalar yagona tartibda joylashtirilgan, ammo bu tabiiy guruh emas va kelajakda qayta taʼriflanishi mumkin.
Clostridium bakteriyalarining aksariyat turlari oʻsimlik polisaxaridlarini achituvchi saprofit organizmlar boʻlib, atrof-muhitning koʻp joylarida, ayniqsa tuproqda uchraydi. Biroq, baʼzi turlari inson organizmida patogenlik qiluvchi vakillari mavjud (quyida keltirilgan). Clostridium turlarining baʼzi bir vakillari maxsus aʼzolari tomonidan ishlab chiqarilgan toksinlari eng xavfli toksinlar hisoblanadi. Masalan, C. tetani turi tomonidan ishlab chiqarilgan qoqshol toksini (tetanospazmin nomi sifatida tanilgan) va C. botulinum tomonidan ishlab chiqarilgan botulinum toksini shular jumlasidandir. Baʼzi turlari bakterial vaginoz ayollar jinsiy a'zolaridan ajratib olingan.
Turlari
Ushbu sinfga mansub boʻlgan mashhur turlari:
Geliobakteriyalar (Helicobactery) va Kristensenellalar kabi vakillari ham Clostridia sinfiga kiradi.
Ushbu guruhga mansub boʻlgan turlari tomonidan ishlab chiqarilgan baʼzi fermentlar bioremediasyon amaliyotida qoʻllaniladi.
Tasnifi
Hozirgi vaqtda qabul qilingan taksonomiyaga koʻra nomenklaturada (List of Prokaryotic names with Standing in Nomenclature)(LPSN) va Milliy Biotexnologiya Axborot Markazi (inglizcha: National Center for Biotechnology Information) (NCBI) bilan prokariotik nomlar roʻyxatiga asoslangan holda shajarasi tuzilgan.
Epidemiologiyasi
Ular odatda tuproqda, odamlar va hayvonlar organizmining mikroflorasida mavjudligi sababli, Clostridia vakillari keltirib chiqaradigan yaralar va infeksiyalar butun dunyoda keng tarqalgan. Mikrobga qarshi xos boʻlgan himoyasi tizimi deyarli mavjud emas, agar mavjud boʻlsa, juda kam hollarda organizmga tushganda tug'ma immunitet hosil boʻladi. Klostridiyani toʻqimalarning Gramm usuli boʻyash bilan boʻyalishi va bakterial xususiyati bilan birga ular keltirib chiqarigan infeksiya jarayonining xususiyatlarini tanib olish orqali tashxis qoʻyish mumkin. Organizmning oʻzi ushbu bakteriyalarga yetarli himoyaga ega boʻlmasa-da, bu mikrobni penitsillin kabi antibiotiklar va ogʻirroq holatlarda toʻqimalarni tozalash orqali nazorat qilish mumkin.
Klostridiya patogenezi
Clostridia bakteriyalari odatda ichak mikroflorasida topiladi. Antibiotiklarni haddan tashqari qabul qilish ichak mikroflorasining nomutanosibligiga olib kelishi mumkin va bu esa jiddiy infeksiyani (CDI) keltirib chiqarishiga sabab boʻladigan Clostridioides difficile turlarining haddan tashqari koʻpayishiga olib keladi. Ushbu infeksiyaning patogen taʼsiri kuchli diareyaga olib kelishi mumkin, shuningdek, infeksiya natijasida ichak bilan bogʻliq koʻplab kasalliklarning koʻpayish ketishiga sabab boʻladi.
CDIni davolash maqsadida qabul qilgan bemorlarda ichak mikrofloralari yaxshilanganligi va najas tahlil keyinchalik salbiy boʻlganligi kuzatiladi. Ushbu guruh bakteriyalariga xos yana bir xususiyat ular bemor kayfiyatiga sezilarli taʼsir qiladi. Ushbu dastlabki tadqiqot ichak mikroflorasida Clostridia mavjudligi va umumiy ruhiy salomatlik oʻrtasidagi taxminiy bogʻliqlikni koʻrsatadi. Ichak mikrofloralarini transplantatsiya qilish baʼzi psixiatrik kasalliklarni davolashning yangi usullari boʻyicha kelajakdagi tadqiqotlar yoʻli sifatida qaralmoqda.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org