Claudia Schreiber




Claudia Schrieber (1958-yilda Grebenstain, Hesse shahrida tugʻilgan) — nemis jurnalisti va yozuvchisi .

1979 — 1985-yillarda University of Göttingen va University of Mainz universitetlarida jurnalistika, taʼlim va sotsiologiya bo‘yicha o‘qiganidan so‘ng, Südwestfunk (SWF) va Zweites Deutsches Fernsehen (ZDF) (bolalar uchun yangiliklar nashri) jurnallarida muharrir, muxbir va boshlovchi bo‘lib ishlagan. Moskva (1992 — 1996) va Brussel (1996 — 1998)dagi chiqishlaridan soʻng u Kyolnda yashab qoldi va mustaqil yozuvchi sifatida ishlay boshladi.

2003-yilda toʻqqiz tilga tarjima qilingan „Emmas Glück“ (Emmaning baxti) romanida u shimoliy Hessedagi oʻzi tugʻilib oʻsgan shahrining motiflarini aks ettirgan. Bu uning hozirgacha yaratilgan eng muvaffaqiyatli ishi boʻldi. Oʻzining tiniq va maʼnoli jumlalari, ehtimolga toʻgʻri kelmaydigan va gʻayrioddiy narsalarni sovuqqonlik bilan taqdim etishi va muvaffaqiyatsiz personajlarga nisbatan hamdardlik hislari bilan Schrieberning ushbu kitobdagi uslubi Heinrich Böllni eslatadi. Ushbu kitobning Sven Taddicken rejissyorligida suratga olingan va Jordis Tribel va Jürgen Vogel bosh rollarni ijro etgan film versiyasi 2006-yil Germaniyada namoyish etilgan; uning inglizcha nomi Emmaʼs Bliss deb ataladi.

Uning ilk bor 2004-yilda nashr etilgan „Sultan und Kotzbrocken“ („Sulton va nobakor“) bolalar kitobi hozirgacha to‘rt tilga tarjima qilingan. Kitob Dresdendagi „Theater Junge Generation“ teatrida Rüdiger Pape (rejissyor) va Jörg Hückler (dramaturg) tomonidan teatr spektakli sifatida sahnalashtirilgan. „Theaterkumpanei Ludwigshafen“ Bärbel Maier kitob asosida yozgan pyesa bilan nemis va fors tillaridagi spektaklni sahnalashtirdi. Spektakl Germaniya va Eronda, Fadjr festivalida va boshqa koʻplab namoyishlarda taqdim etildi. 17th Hamedan Theater Festival ForChirldren&Adults festivalida u bir nechta nominatsiyalarda gʻolib boʻldi.

Schreiberning „Ihr ständiger Begleiter“ (Uning doimiy hamrohi, taglavhasi: Fast eine Liebesgeschichte — Deyarli sevgi hikoyasi) kitobi ham uning hayotiy hikoyasiga asoslanadi: Asar Schreiber kabi qattiqqoʻl va tor fikrli xristian jamiyatida oʻsayotgan yosh ayol haqida hikoya qiladi. Romanda qahramonning doimo koʻz oʻngida paydo boʻladigan va u bilan suhbatlashadigan Xudo obrazi bilan boʻlgan munosabatlaridan xalos boʻlish yoʻlidagi kurashini aks ettiradi. Ushbu 2007-yilda golland tiliga tarjima qilingan.

Uning soʻnggi romani „Süß wie Schattenmorellen“ (Morello giloslari kabi shirin) dagi aksariyat voqealar olchazorda sodir boʻladi. „Emmaʼs Luck“ asarida Schreiber hayot yakuni mavzusini yoritgan boʻlsa, yuqoridagi asarda u hayotning boshlanishi haqida hikoya qiladi. Ushbu kitob asosidagi film rejissyor Manuel Siebenmann tomonidan Makido Production/Wien und Weimar tomonidan ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Hozirda Claudia Schrieber Manuel Siebenmann bilan birgalikda oʻz romani asosida ssenariy yozmoqda.

Mukofotlar




Ijodiy ishlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz