Città del Messico




Mexiko (ispancha: Ciudad de México) — Meksika davlatining poytaxti. BMTning WUP 2003 maʼlumotlariga koʻra jahon miqyosida Tokyo shahridan keyin aglomerasiya boʻyicha 2-oʻrinda. Mexiko shahri hududida 9 millionga yaqin kishi yashamoqda. Mexiko shahri poytaxt boʻlishi bilan birgalikda Meksikaning siyosiy, iqtisodiy, sanoat va madaniy markazidir. Shaharning umumiy maydoni 1500 km atrofida.

Mexiko — Meksikaning poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Meksika togʻligining janubiy qismida, 2240 m balandlikda. Iklimi subtropik iqlim, oʻrtacha temperaturasi yanvarda 12°, iyulda 16°, eng issiq oy (aprel)da 18°. Yillik yogʻin 750 mm. M.da tez-tez changli boʻronlar va zilzilalar boʻlib turadi. Suv taʼminoti qiyin. Aholisi 8,6 mln. kishi (2000). M. atrofidagi shaharlar bilan jahonda eng yirik shahar aglomeratsiyalaridan biri — Katta M.ni tashkil qiladi.

M. — Gʻarbiy yarim sharning eng qad. shaharlaridan. Shaharga 1325-yil atstek indeyslari tomonidan Tenochtitlan nomi bilan muhim savdo yoʻlida qalʼa sifatida asos solingan. 16-asr boshlariga kelib jahonda eng yirik shaharlardan biriga aylandi. 1521-yilda is-pan mustamlakachilari tomonidan shahar vayron qilingach, uning oʻrnida Yangi Ispaniya maʼmuriy markazi boʻlgan M. bunyod etilgan. 1821-yildan mustaqil Meksika poytaxti.

M. — transport yoʻllari tuguni. Xalqaro havo yoʻllarining yirik markazi. Metropoliten qurilgan. M. — Lotin Amerikasining yirik sanoat shaharlaridan biri. Mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining ʻ/2 qismi M.ga toʻgʻri keladi. 20-asrning 50-yillarigacha M.da oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikoʻvchilik, poyabzal, farmatsevtika sanoati korxonalari boʻlgan. 50-yillardan boshlab AQSH sarmoyasi hisobiga elektrotexnika, metallsozlik, tayyor qismlardan avtomobil yigish ("Ford" va "Jeneral motore" korxonalari), neft kimyosi sanoatlari rivojlandi. M. yaqinida qurilish materiallari, sement zavodlari qurilgan. M. — mamlakatning yirik savdo va moliya markazlaridan.

Birodar shaharlar




 PER Arequipa, Peru

Andoza:Country data the People's Republic of China Pekin, Xitoy

 Lebanon Beyrut, Livan

 GER Berlin, Germaniya

 COL Bogota, Kolumbiya

 ARG Buenos Aires, Argentina

Andoza:Country data the United States Chikago, AQSh

 PER Kusko, Peru

 TUR Istanbul, Turkiya

 GUA Gvatemala shahri, Gvatemala

 RUS Kaliningrad, Rossiya

 PER Lima, Peru

Andoza:Country data the United States Los Anjeles, AQSh

 ESP Madrid, Ispaniya

 PAN Panama shahri, Panama

 MEX Dolores Hidalgo, Guanajuato, Meksika.

 MEX Cholula, Puebla, Meksika.

 BRA Rio de Janeyro, Braziliya

 El Salvador San Salvador, El Salvador

Andoza:Country data the United States Xyuston, AQSh

 Chile Santyago, Chili

 BRA San Paulu, Braziliya

 CAN Toronto, Kanada

 JPN Nagoya, Yaponiya

 South Korea Seul, Janubiy Koreya

Manbalar




Havolalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz