Cinderella (film, 2015)
Cinderella ([ˌsɪnd (ə)ˈrɛlə]) yoki
Yangi Zolushka (oʻzbekcha dublyajda) 2015-yilda ekranlarga chiqarilgan romantik filmdir. Filmga Kenneth Branagh rejissorlik qilgan. Film Walt Disney Pictures, Kinberg Genre, Allison Shearmur Productions va Beagle Pug Films studiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan. Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgan. Filmda bosh rollarni Cate Blanchett, Helena Bonham Carter, Lily James, Richard Madden va Stellan Skarsgård ijro etgan.
Cindirella filmi premyerasi Berlin shahrida 13-fevral 2015-yilda, AQShda 13-mart 2015-yilda va Birlashgan Qirollikda 27-mart 2015-yilda boʻlib oʻtdi. Dunyo boʻylab $543 million daromad olishga muvaffaq boʻldi.
Rollarda
Musiqasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org