Chyapas





Chiapas — Meksikaning jan.sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 73,8 ming km². Aholisi 3,92 mln. kishi (2000), asosan, indeyslar. Maʼmuriy markazi — TustlaGutyerres shahri Relyefi Tinch okean sohili boʻylab choʻzilgan togʻlardan (eng baland joyi, 4117 m, Takana vulkani), markaziy qismida yassitogʻliklardan (balandligi 500–1500 m) iborat. Shim.da pasttekisliklar bor. Iqlimi tropik, issiq va sernam iqlim. Oʻrtacha oylik tra 22—27°. Yillik yogʻin 1200–1500 mm. Nam tropik oʻrmonlar, savannalar, togʻlarda igna bargli oʻrmonlar bor. Plantatsiya xoʻjaligi rivojlangan. Makkajoʻxori, loviya ekiladi. Neft va gazning yirik konlari topilgan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Indeys xalqining badiiy hunarmandchiligi rivojlangan. Ch. hududidan Panamerika shossesi oʻtadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz