CHXONJIN



CHXONJIN, Chxonchjin KXDRning shimoli Sharqiy qismidagi shahar. Xamgyonpukto provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 520 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari chorrahasi. Yapon dengizi sohilidagi muzlamaydigan port. Mamlakatning yirik qora metallurgiya markazi. Mashinasozlik (kemasozlik, stanoksozlik, konchilik jihozlari, qishloq xo’jalik mashinalari ishlab chiqarish), to’qimachilik (jumladan, sun’iy ipak), kimyo sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Baliq ovlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz