CHUYUT
CHUYUT, chuit, chiyit, chilchuit — o’zbek urug’laridan biri. Qashqadaryoda, kenagaslar tarkibida yashashgan. 1924 yilgi ma’lumotga ko’ra, Chuyutlarning soni 45 ming kishi bo’lgan. Chuyutlarning kenagaslar tarkibidagi kichik guruhlari Zarafshon (Karmana) va Farg’ona vodiylarida ham tirikchilik qilishgan. Chuyutlar Uyshun qabilasi tarkibiga ham kirgan. Chuyut, chuit, chilchuit nomlari Chuyutlarning mazkur hududlarda yashab, mahalliy aholi bilan qo’shilib ketganligini ko’rsatadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz