Chuvashiya




Chuvashiya , Chuvashiston , Chuvashiya Respublikasi (Chavash Respublikasi) — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Sharqiy Yevropa tekisligining sharqida, Volga (Idil) daryosining oʻrta oqimida joylashgan. Maydoni 18,3 ming km². Aholisi 1 mln. 313,9 ming kishi (2002). Poytaxti – Cheboksari shahri. 21 tuman, 9 shahar, 8 shaharcha bor.

Davlat tuzumi



Chuvashiya – respublika. Respublika rahbari va ijroiya xrkimiyat boshligʻi – prezident. Oliy ijrochi hokimiyat organi – Vazirlar Mahkamasi. Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat organi – Davlat kengashi.

Tabiati



Volga (Idil) daryosining oʻng sohili Volga boʻyi qirlaridan iborat. Shimoli-sharqiy qismi Chuvashiya platosi bilan band (balandligi 175–227 m.). Platoning Volgaga qaragan yon bagʻri tik tushgan, shu qismida jarlik koʻp. Chap sohili – Zavoljye tekisligi (balandligi 50– 70 m)da doʻngliklar, botqoq va torfli yerlar bor. Foydali qazilmalardan ohaktosh, dolomit, yonuvchi slanets, fosforit va boshqa bor. Iqlimi moʻʼtadil kontinental; qishi sovuq, yozi iliq. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi –12°, iyulniki 19°. Yillik yogʻin 450 mm. Daryolari Volga (Idil) havzasiga mansub (Volganing Chuvashiya hududidan oʻtadigan qismi uz. 127 km). Chuvashiyada chimli podzol va sur tusli oʻrmon tuproklari hamda ishqorsizlangan qoratuproqlar tarqalgan. Hududining katta qismi oʻrmonli dasht zonasida, oʻrmonlar (koʻproq qayin, qaragʻay, eman, joʻka oʻsadi) 32% maydonni egallagan. Yovvoyi hayvonlardan qoʻngʻir ayiq, boʻri, tulki, tiyin, ondatra, sugʻur, los, yenotsimon it va boshqa yashaydi. Chuvashiyada Chavash Varmane milliy bogʻi, Prisura qoʻriqxonasi bor.

Aholisi



Aholisi, asosan, chuvashlar (67,8%); rus, tatar, mordva va boshqa ham yashaydi. Shahar aholisi 60,6%. Davlat tillari – chuvash va rus tillari. Dindorlarning aksariyati pravoslavlar. Yirik shaharlari: Cheboksari, Novocheboksarsk, Kanash.

Tarixi



Chuvashiya hududida neolit davri oxirida finugor qabilalari yashagan. 10-asrda Oʻrta Volga boʻyida dastlabki davlat – VolgaKama Bulgʻoriyasi tashkil topdi. Bu davlat 1243 i. Oltin Oʻrda tarkibiga qoʻshib olindi. Chuvashiyaning shimoliy qismiga kelib oʻrnashgan bulgʻorlar bilan finugor aholisining aralashuvi natijasida 15-asrga kelib chuvash xalqi shakllandi. 15-asr boshida Oltin Oʻrda parchalanib ketdi, chuvashlar boshqa xalklar bilan birga 15-asr 1yarmida vujudga kelgan Kozon xonligi tarkibida boʻldi. 1551-yil chuvashlar Rossiya tarkibiga kirdilar. 1920-yil iyunda RSFSR tarkibida Chuvashiya muxtor viloyati tashkil etildi. 1925-yil 21-aprelda Chuvashiya ASSRga aylantirildi. 1990-yil sentabrda respublika davlat suvereniteti toʻgʻrisida deklaratsiya qabul qilindi va hozirgi nomini oldi.


Xoʻjaligi va sanoati



Yalpi mahsulot tarkibida sanoat ulushi 31,5%, qishloq xoʻjaligi 18,5%, qurilish 7%, transport 1,7%, savdo 10,9%ni tashkil etadi. Asosiy sanoat tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik (elektronika jihozlari, toʻquv stanoklari, elektr yuklagichlar, traktor va boshqa ishlab chiqarish), kimyo (zaharli ximikatlar, lok, buyok, ishlab chiqarish), yengil (jumladan, toʻqimachilik), neft kimyosi, oʻrmon, kora metallurgiya, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz, oziq-ovqat sanoati. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shumerlya shahrida maxsus avtomobillar zavodi, Cheboksarida priborsozlik, elektroapparat, elektr priborlari, elektronika va mexanika, kabel zavodlari, mikropayvand uchun maxsus asbob, videokasseta ishlab chiqariladigan zavod, toʻqimachilik mashinalari, sanoat traktorlari va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqariladigan zavodlar, ipgazlama, trikotaj kombinatlari, Mariinskiy Posad shahrida kabel zavodi, Kanash shahrida elektr yuklagichlar zavodi, Shumerlya, Kozlovka shaharlarida avtofurgon kombinatlari bor. Yiliga oʻrtacha 7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Cheboksari GES ishlaydi. Asosiy sanoat markazlari: Cheboksari, Novocheboksarsk, Kanash, Alatir, Shumerlya.

Qishloq xoʻjaligi goʻshtsut chorvachiligi va gʻalla yetishtirishga ixtisoslashtirilgan. Dehkrnchilikda bugʻdoy, javdar, suli, zigʻir, qand lavlagi, kartoshka va sabzavot yetishtiriladi. Bogʻdorchilik bilan ham shugʻullaniladi. Krramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi; parrandachilik rivojlangan.

Transporti



Chuvashiyada temir yoʻllar uz. – 396 km. Muhim temir yoʻl tarmoklari: Saransk–Kanash–Cheboksari, Moskva–Arzamas–Kanash– Kozon. Avtomobil yoʻllari uz. 4424 km. Asosiy avtomagistrallari: Nijniy Novgorod–Cheboksari–Kozon, Ulyanovsk–Cheboksari–Yoshkar Ola. Volga va Sura daryolarida kema qatnaydi. Asosiy dare portlari: Cheboksari va Novocheboksarsk. Cheboksarida xalkaro aeroport bor.


Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari



1990-yillar oxirida qar 10 ming aholiga 43 vrach toʻgʻri keldi. 20 dan ortiq sanatoriy kurort va boshqa dam olish muassasalari bor. Chuvashiyadagi 715 umumiy taʼlim maktabida 210 ming, 26 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 20,4 ming oʻquvchi, 3 oliy oʻquv yurti (Chuvashiya universiteti, qishloq xoʻjaligi akademiyasi, pedagogika instituti)da 18,8 ming talaba taʼlim oladi. Chuvashiyada milliy akademiya, tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari faoliyat yuritadi. 700 dan ziyod kutubxona, bir kancha klub muassasasi va kinoqurilma, Cheboksarida ulkashunoslik muzeyi, 750 ga yaqin tarixiy va madaniy yodgorliklar, Ibresi etn. muzeyi (ochiq) bor. Chuvash va rus tillarida gaz. va jurnal nashr etiladi. Mahalliy radio va televiden iyesi chuvash va rus tillarida eshittirish hamda koʻrsatuvlar olib boradi.

Adabiyoti



Adabiyoti 19-asrning 2yarmida vujudga kelgan. Ungacha boy folklor (epik qissa, tarixiy va maishiy qoʻshiqlar, ertak, afsonalar) mavjud boʻlgan. 19-asr oʻrtalaridan birinchi chuvash tarixchi yozuvchisi, folklorchi va etnograf S.Mixaylov ijod qila boshlagan. 19-asrning 70-yillarida maʼrifatparvar N.Ya.Yakovlev (1848–1930; 1872-yil "Chuvashlar uchun alifbe" yaratgan)ning xalq ijodi asosida yaratgan asarlari chuvash milliy adabiyotining shakllanishida muhim rol oʻynadi. Uning dastlabki arboblari M.Fyodorov, I.Yurkin. 20-asrning boshlari va fuqarolar urushi davrida satirik va dramaturg M.Akimov, demokrat shoir K.Ivanov, dramaturg va kompozitor F.Pavlov, shoirlar N.Shubossinni, N.Shelebi, T.Timki, M.Sespel samarali ijod qildilar. 20–30-yillarda S.Fomin, S.Elger, I.MaksimovKoshkinskiy, M.Trubina, P.Osipov, P.Xuzangay, L.Agakov, Ya.Uxs ay, N.Ilbekov va boshqalarning asarlari yuzaga keldi. Ikkinchi jahon urushi yillari chuvash yozuvchilari tomonidan vatanparvarlik ruhidagi asarlar yaratildi (M.Uypning "Soldatning onasi" dostoni, 1943; L.Agakovning "Partizan Murat" qissasi, 1943). Urushdan keyingi va 50– 70-yillarda chuvash adabiyotida xalqning jang maydonidagi va tinch qurilish davridagi mehnat qahramonligi oʻz ifodasini topdi (P.Xuzangayning "Ulkan qalb" dostoni, N.Terentyevning "Toʻlqinlar qirgʻoqqa uriladi" pyesasi, A.Artelyev, S.Aslan, K.Turxan, A.Yemelyanov, G.Krasnov va boshqalarning nasriy asarlari, Yu.Semyonov, A.Galkin, G.Yefimov va boshqalarning sheʼrlari). 1934-yil Chuvashiya yozuvchilar uyushmasi tashkil etilgan.


Meʼmorligi va tasviriy sanʼati



Chuvashiya hududidan paleolit davriga mansub qarorgoxlarning qoldiqlari, qoʻrgʻonlarning xarobalari, 10–11-asrlarda Volga boʻyi bulgʻorlari yashagan joylar (Tigashevo qishlogʻidagi qalʼa, Bula, Sivil va Sura daryolari havzasidagi qishloq va boshqalar) topilgan. Chuvashiya Rus davlatiga qoʻshilgach (16-asr oʻrtalari), aholi punktlari (Alatir, Cheboksari, Yadrin) qurish boshlandi; ular astasekin shaharlarga aylantirildi. Shaharlarda turli xil inshootlar (jumladan, Cheboksaridagi Vvedenskiy sobori, 1657; 17–18-asrlarda bunyod etilgan turar joy binolari) barpo etildi. 19-asrning 2yarmidan qishloklarda rus xalq meʼmorligi taʼsiri koʻzga tashlanadi. Hozirgi davrdagi yirik inshootlar; qishloq xoʻjaligi instituti (1957; meʼmor Ye.Kalashnikov), Chuvashiya musiqalidrama teatri (1961, meʼmor A.Maksimov), "Elektrchi" madaniyat saroyi (1964, meʼmor A.Korolkov), savdo markazi (1982, meʼmor M.Kudryavsev va boshqalar), hammasi Cheboksari shahrida.

Chuvashiyada qadimdan xalq amaliybezak sanʼati (naqsh bilan bezab mato toʻqish, kashtadoʻzlik, yogʻoch oʻymakorligi, munchoqlardan buyum tayyorlash, kashta bilan bezab kiyim tikish) rivoj togan. 1920-yillardan rassomlik (M.Spiridonov, N.Sverchkov, Yu.Zaysev), haykaltaroshlik (G.Spiridonov) paydo boʻla boshladi. Rassomlardan N.Ovchinnikov, N.Karacharskov, R.Fyodorov, P.Grigoryev, V.Turin, grafiklardan V.Ageyev, B.Yemelyanov, haykaltaroshlardan Yu.Ksenofontov mashhur. 1933-yildan Chuvashiya rassomlar uyushmasi mavjud. Musiqasi. Chuvash xalq qoʻshiqlari, asosan, bir ovozli va pentatonikaga asoslanadi. Musiqa asboblari: shaxlich (qamishnay), shapar va sarnay (volinkalar), kyosle (gusli), varxan va palnay (tilli), xankarma (buben); keyinchalik skripka va garmon ham urf boʻla boshladi. Chuvashiyada professonal musiqa 1920-yillardan vujudga keldi. F.Pavlov, S.Maksimov, V.Vorobyev, G.Liskov birinchi chuvash kompozitorlaridir. Vokal, vokalsimfonik, simfonik musiqa, sahna musiqa janrlarini rivojlantirishga F.Lukin, G.Xirbyu, G.Lebedov, A.Togayev, F.Vasilyev va boshqa salmoqli hissa qoʻshdilar. Ijrochilar oʻrtasida xonandalar I.Vasilyev, A.Toksina, A.Kazakova, T.Chumakova, M.Denisov, dirijyorlardan F.Lukin, G.Lebedev, A.Orlov-Shuzm mashhur. Chuvashiyada Chuvash musiqali teatri (1959), filarmoniya (1936), ashula va raqs ansambli (1924), Chuvash radio va televideniyesi xori (1943) faoliyat koʻrsatadi. 1940-yil Chuvashiya kompozitorlar uyushmasi tuzilgan.

Teatri



Birinchi chuvash professional teatri 1918-yil Kozon shahrida tuzilgan va Chuvash Kuchma teatri deb nomlangan. Bu teatrning tashkil topishi milliy dramaturgiyaning rivojlanishiga sabab boʻldi. Uning sahnasida birinchi chuvash pyesalari – M.AkimovAruyning "Bevaqt oʻlim", F.Pavlovning "Sudda" pyesalari qoʻyildi. 1920-yil Chuvash koʻchma teatri Kozon shahridan Cheboksariga koʻchirildi (1933-yildan akademik teatr, 1959-yildan K.V.Ivanov nomidagi Chuvash musiqali drama teatri). 1969-yil undan Musiqa teatri ajralib chiqdi, drama jamoasi esa K. V.Ivanov nomidagi Chuvash akademik drama teatri deb nomlandi. Bu teatrda turli davrlarda milliy dramaturglar P. Osipov, R.Rjanov va boshqa xalklar klassiklarining pyesalari sahnalashtirildi. Teatr aktyorlaridan A.Urgalkin, V. Kuzmina, V. Rodionov, V.Yakovlev, L.Rodionov va boshqa mashhur. Chuvashiyada, shuningdek, Rus drama teatri (1922), yosh tomoshabinlar teatri (1933), qoʻgʻirchoq teatri (1943) (hammasi Cheboksari shahrida), boshqa shaharlarda teatrlar bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz