CHUST TUMANI



CHUST TUMANI — Namangan viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Sharqdan To’raqo’rg’on, shimoli sharqdan Kosonsoy, Janub va g’arbdan Pop, Janubi sharqdan Mingbuloq tumanlari, shimoldan Qirg’iziston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,92 ming kilometr kvadrat. Aholisi 198,9 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Chust), 11 qishloq fuqarolari yig’ini (Axcha, Boymoq, varziq, Karkidon, Karnon, olmos, Og’asaroy, shoyon, Sho’rkent, G’ova, Hisorak) bor. Markazi — Chust shahri. Tabiati. Tuman hududi Chatqol tog’larining etaklaridagi pastbaland tekisliklarda joylashgan. Ko’p qismi adir. Balandligi 1000-1200 metr. Tog’lardan oqib tushadigan soylar (G’ovasoy, Olmossoy, Shataksoy, Rezaksoy, Karkidonsoy va boshqalar) jarliklar hosil qilgan. Janub qismi Sirdaryoga tutash bo’lib, tekislikdan iborat. 1947 yilda ishga tushirilgan Chust kanali Kosonsoy suv ombori suvini 58 kilometr masofaga — olmos qishlog’igacha olib boradi. 1973 yilda suv taqsimlaydigan G’ovasoy gidrouzeli qurildi. Ko’ksaraksoy suv ombori va Chust nasos stansiyasi bor. Iqlimi kontinental. Yillik o’rtacha temperatura 1 gradus. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -1,3°, eng past temperatura -26°. Iyulning o’rtacha temperaturasi 25,8°, eng yuqori temperatura 40°. Yiliga 305 millimetr yog’in tushadi. Vegetatsiya davri 190 kun. Tuproqlari tekisliklarda bo’z tuproq, adirlar qum, tosh, lyoss, mergel bilan qoplangan. Yovvoyi o’simliklardan shuvoq, yantoq, do’lana, qizilmiya, oqmiya, yovvoyi piyoz, lola va boshqalar o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo’ri, tulki, quyon, sutur, qobon uchraydi. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 216,2 kishi. Qishloq aholisi 135,1 ming kishi, shahar aholisi 63,8 ming kishi. Xo’jaligi. Tumanda “Chustmash”, “Paxta tolasi”, “Barion” aktsiyadorlik jamiyatlari, milliy pichoqlar yasash, “Suvmash” korxonalari, qishloq xo’jalik mashinalari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, asfalt zavodlari (olmos qishlog’i), badiiy buyumlar, qandolat, tikuvchilik, atlas korxonalari, non, sut zavodlari, savdo korxonalari bor. Chust pichoqlari jahon ko’rgazmalarida ishtirok etgan. Chust do’ppilari 1968 yilda Nyudexdi, 1969 yilda Monreal, 1970 yilda Tokio va Poznan shaharlaridagi jahon ko’rgazmalarida yuqori baholandi. Tuman qishloq xo’jaligi, asosan, paxtachilikka ixtisoslashgan. Chorvachilik, bog’dorchilik, tokchilik ham rivojlangan. Tumanda 16 shirkat, 945 fermer, 68 dehqon xo’jaligi bor. Ekin maydonlarining 9,7 ming gektariga paxta, 12,3 ming gektar yerga galla, 55 gektar yerga kartoshka, 128 gektar yerga sabzavot, 28 gektar yerga poliz ekinlari ekiladi. 4,3 ming gektar mevazor, 1,5 ming gektar tokzor, 798 gektar tutzor, 13 gektar mevali ko’chatzor bilan band. Chust tumani jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 43,4 ming qoramol (shu jumladan, 20^5 ming sigir), 89,9 ming qo’y va echki, shuningdek, parranda ham boqiladi (2003). Tumanda 69 umumiy ta’lim maktabi, 2 iqtidorli bolalar internati, 2 gimnaziya-internat, sanatoriy-internat maktablari, san’at, musiqa maktablari, 6 kasb-hunar kolleji faoliyat ko’rsatadi. 47 kutubxona (306 ming nusxa kitob), 14 klub muassasasi, 2 muzey, san’at saroyi, 6 madaniyat va istirohat bog’i bor. 3 bolalar va yoshlar sport maktabi, 6 stadion, 2 suv havzasi, 40 sport zali, 36 otish tiri, 4 tennis korti, 11 futbol maydoni bor. 38 kasalxona (1096 o’rin), tug’ruqxona, poliklinika, dorixona, qishloq vrachlik punkti, 3 feldsher-akusherlik punkti, 3 qishloq davolash ambulatoriyasi va boshqalar tibbiy muassasalarda 408 vrach va 2031 o’rta tibbiy xodim ishlaydi. Sanatoriy, dam olish uylari ishlab turibdi. Tuman hududi orqali Farg’ona halqa avtomobil yo’li o’tadi. Chustdan Namanganga avtobus qatnaydi. 1960 yildan “Chust haqiqati” tuman gazetasi chiqadi (adadi 6,5 ming).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

Chust tumani O‘zbekistonning Namangan viloyatiga qarashli qadimiy va ahamiyatli tumanlardan biridir. Chust o‘zining boy tarixi, madaniyati, hunarmandchiligi va tabiiy go‘zalliklari bilan tanilgan. Quyida Chust tumaniga oid batafsil ma'lumot keltiriladi.

Geografik joylashuvi

Chust tumani Namangan viloyatining g‘arbiy qismida joylashgan. Tumanning o‘z markazi Chust shahri bo‘lib, u viloyat markazidan taxminan 40 kilometr masofada joylashgan. Tumanning hududi tog‘li va tog‘oldi relyefiga ega bo‘lib, iqlimi kontinental hisoblanadi. Yozlarda issiq va quruq, qishlari esa sovuq kechadi.

Tarixi

Chust tumani qadimiy davrlardan buyon aholi istiqomat qilgan hudud hisoblanadi. U asrlar davomida Buyuk Ipak yo‘lining muhim chorrahasida joylashgani uchun savdo va madaniyat markazi bo‘lgan. Tumanda turli xalqlar – o‘zbeklar, qozoqlar, tog‘li xalqlar yashagan. Bu hududda ko‘plab arxeologik yodgorliklar va tarixiy obidalar saqlanib qolgan.

Aholisi va Madaniyati

Chust tumani aholisi asosan o‘zbeklarga mansub bo‘lib, milliy an’analar va odatlarni saqlab keladi. Bu yerda do‘stlik, mehmondo‘stlik, ozodlikka intilish kabi qadriyatlar yuqori baholanadi. Chust xalqi hisoblanadigan hunarmandchilik – ipakchilik va yog‘och o‘ymakorligi juda mashhur. Chust pichog‘i – o‘ziga xos dizayni va ishonchliligi bilan taniqli bo‘lib, butun O‘zbekistonda mahsulot sifatida qadr topgan.

Iqtisodiyoti

Chust tumanining iqtisodiyoti asosan qishloq xo‘jaligiga asoslangan. Qovun, sabzavot, va g‘alla yetishtirish an’anaviy sohalar hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu hududda ipakchilik juda rivojlangan. So‘nggi yillarda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari ham rivojlanmoqda.

Ta'lim va madaniyat

Tumanda sifatli ta’lim muassasalari mavjud bo‘lib, bolalar va yoshlar uchun ko‘plab maktablar, kasb-hunar kollejlari, madaniyat markazlari faoliyat olib boradi. Shuningdek, madaniy tadbirlar, hunarmandchilik ko‘rgazmalari muntazam o'tkaziladi.

Sayyohlik

Chust tumani tabiatining chiroyli joylari, tarixiy yodgorliklari turistlar uchun jozibali maskan hisoblanadi. Tog‘li hududlardagi tog‘lik qishloqlar va milliy me’morchilik obidalari sayyohlarni o‘ziga tortadi.

Xulosa

Chust tumani O‘zbekistonning muhim iqtisodiy, madaniy va tarixiy markazlaridan biri bo‘lib, o‘zining noyob hunarmandchiligi va tabiiy go‘zalliklari bilan mashhur. Zamonaviy rivojlanish va milliy qadriyatlarni saqlab qolganligi, uni mamlakat ichida va tashqarida mashhur qiladi.

Agar Chust tumani haqida yana ko‘proq ma’lumot yoki aniqroq savollaringiz bo‘lsa, bemalol so‘rashingiz mumkin.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz