Churra
Churra (shuningdek, ispancha Churro nomi bilan ham tanilgan) — Kastiliya va Leondagi Zamora provinsiyasida paydo boʻlgan qadimgi iberiya qoʻy zoti. Qoʻylar Zamorana pishlog‘i uchun sut beradi, goʻshti ham qadrlanadi. .
Churra (Amerika chegarachilari tomonidan „churro“ deb oʻzgartirilgan) birinchi marta XVI asrda Shimoliy Amerikaga olib kelingan va ispan qoʻshinlariga ozuqa sifatida ishlatilgan. XVII asrga kelib, churra Rio Grande vodiysining yuqori qismidagi ispan koʻchmanchilari orasida mashhur zot bo‘lgan. Churra podalarini navaxolar ham bosqinlar va savdo-sotiq yoʻli bilan qoʻlga kiritdilar va tez orada ularning iqtisodiyoti va madaniyatining muhim qismiga aylandi.
Manbalar
uz.wikipedia.org