CHUMOLILAR (Formicidae) — pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. 1 va 2-qorin bo’g’imlari ingichkalashib, ko’krak bilan qo’shiladigan poyachani hosil qiladi. Boshi katta, jag’lari kuchli rivojlangan (kemiruvchi og’iz organlari). Chumolilar jamoa (oila) bo’lib yashaydi. Chumolilar oilasi bir necha ming, hatto millionlab individlardan tarkib topgan. Oilada ko’p minglab ishchi Chumolilar, qanotli o’nlab erkaklari va bir necha ona chumoli bo’ladi. Erkak Chumolilar faqat ko’payish davrida paydo bo’lib, urug’lanishdan so’ng o’lib ketadi. Ishchi Chumolilar jinsiy organlari rivojlanmagan urg’ochilardan iborat. Ona Chumolilar urchish davrida paydo bo’ladi; urchishdan so’ng qanotini tashlab, tuxum qo’ya boshlaydi, 20 yilgacha yashaydi. Ishchi Chumolilar oilani oziq bilan ta’minlaydi, uyani qo’riqlaydi (navkarlar) yoki suyuq zaxira oziqni saklaydigan asalli bochkachalar hosil qiladi va boshqa vazifalarni bajaradi. Chumolilar polimorfizmining boshqarilishi urg’ochilarining har xil kattalikda tuxumlar qo’yishi, lichinkalarining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishi, lichinkalarni oziqlantiruvchi boshchi Chumolilarning fiziologik holati yoki hatti-harakati va boshqa omillar bilan bog’liq. Chumolilarning yaxlit oila sifatida hayot kechirishida oiladagi individlar orasida oziq moddalar va sekretsiya bezlari suyuqligi bilan almashinib turishi (trofallaks), tuxum qo’yuvchi urg’ochisi bilan ishchi Chumolilar o’rtasida kimyoviy sezgi orqali bog’lanish borligi katta ahamiyatga ega. Oila hayotini boshqarishda, ayniqsa, Feromonlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim oilalarning o’zlari oziqlanadigan joylari bo’ladi. Bir qancha Chumolilar turlari bir necha oilani birlashtiruvchi koloniyalar hosil qiladi; oilalar o’zaro individlar va oziq moddalar almashinib turishadi; birgalikda o’zlariga tegishli hududni qo’riqlashadi. Chumolilar tuproqda, toshlar ostida, chiriyotgan daraxtlar tanasiga (yog’ochxo’r Chumolilar) uya quradi. Ba’zan tomi yer yuzasiga konus shaklida chiqib turadigan qilib, quruq shoxlardan uyayasaydi. Chumolilar tuproqdajuda murakkab, ko’p kamerali in quradi. Sariq o’rmon Chumolilarining ini yer osti labirint va yer usti gumbazdan iborat. Inning yer osti qismida 1-3 metr chuqurlikkacha boradigan murakkab tarmoqdangan yo’laklar bo’ladi; bu yerda ular qishlaydi. Inning yer usti qismida esa qurtlari rivojlanadi. Bir qancha tropik Chumolilar barglarni tikib uya yasaydi. Tropik mintaqalarda tarqalgan daydi Chumolilar uyasi bo’lmaydi. Chumolilar turli xil hasharotlar, o’simliklar urug’i, shuningdek, gul nektari, o’simlik shiralari va koktsidlar ajratadigan shira bilan oziqlanadi. Ko’pchilik turlari o’z uyasida oziq bo’ladigan hasharotlar va zamburug’larni ko’paytiradi. Ayrim Chumolilarning o’z ishchilari bo’lmaydi. Ular boshqa oilaga mansub turdan ishchi Chumolilarni o’g’irlab olib kelishadi. Bir qancha turlari (mas, sariq o’rmon chumolisi) zararkunanda hasharotlarni qirib, katta foyda keltiradi. O’rta Osiyo faunasida Chumolilarning 100 ga yaqin turi uchraydi. Cho’l zonasida tarqalgan Faeton chumoli mayda zararkunanda hasharotlar, yovvoyi o’simliklar doni, nektar bilan, cho’l va dashtlarda tarqalgan qir chumoli o’simliklar doni bilan oziklanadi; bog’ qora chumolisi shira bitlari ajratadigan shirin suyuqlikni yalaydi; ularni boshqa yirtqich hasharotlardan himoya qilishi bilan qishloq xo’jaligiga ziyon keltiradi. Xonadonlarda ko’p uchraydigan sariq Fir’avn chumolisi shirinlik va yog’li oziq-ovqat mahsulotlarini yeydigan zararkunanda hisoblanadi. Ad.: Mavlonov O., Xurramov Sh., Umurtqasizlar zoologiyasi, T., 1998; Nasekomie Uzbekistana, T., 1993.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
Chumolilar — kichik, ijtimoiy hasharotlar bo‘lib, Formicidae oilasiga mansub. Ular yer yuzida juda keng tarqalgan bo‘lib, deyarli barcha qit'alarda, turli iqlim va sharoitlarda yashaydi. Chumolilarning o‘lchami odatda 1 dan 30 millimetrgacha bo‘lib, ranglari oqdan qora yoki qizargacha bo‘lishi mumkin.
Tuzilishi va tashqi ko‘rinishi
Chumolilar uch qismdan iborat tana qismiga ega: bosh, ko‘krak (toraks) va orqa qism (abdomen). Ularning boshida ikki ta uzun antenalar va kuchli jag‘lari (mandibulalar) mavjud, bu jag‘lar yordamida ovqatni ushlab turadilar, ko‘pincha ishlatadilar. Chumolilar uchta juft oyoqlarga ega va ko‘zlari juda rivojlangan.
Ijtimoiy hayot va tashkilot
Chumolilar ijtimoiy hasharotlar bo‘lib, katta guruhlarda — butunlay tashkillashtirilgan "oila"larda yashaydi. Chumoli oilasi uch asosiy guruhdan iborat:
Malika: Ko‘payadigan urg‘ochi chumoli bo‘lib, u tuxum qo‘yadi.
Erkaklar: Urug‘lantiruvchi jinsiy azolar.
Ishchi chumolilar: Urg'ochi jinsiy emas, ular kutubxonada turli vazifalarni bajaradi: oziq qidirish, bolalarni boqish, uyani ta'mirlash va himoya qilish.
Ko‘p yillik hayot tsikli
Chumolilar tuxumdan boshlanadi. Tuxumdan larva chiqadi, keyin pupa holatiga o‘tadi va yakuniy yetuk chumoli shakliga kiradi. Ishchi chumolilar odatda bir necha oy yashasa, malika chumolilar bir necha yilgacha yashaydi.
Ovqatlanishi
Chumolilar omnivor hisoblanadi, ya'ni turli xil ozuqalar bilan oziqlanadi. Ular asosan shakarli moddalarga, masalan, o‘simliklarning shira suvi, chuchuk yoki mevalar suvi, shuningdek, boshqa kichik hasharotlarni ovqat qiladilar.
Ekologik ahamiyati
Chumolilar tuproqni shamollatishda va organik moddalarning parchalanishida muhim rol o‘ynaydi. Ular o‘simliklarning urug‘larini tarqatishga ham hissa qo‘shadi. Shuningdek, chumolilar boshqa hasharotlarni nazorat qilishda yordam beradi.
Qiziqarli faktlar
Ba’zi chumoli turlari boshqa chumoli koloniyalariga hujum qilishi va ularning ishchilarini o‘g‘irlashi mumkin.
Chumolilar o‘zaro signallar uchun kimyoviy moddalar — feromonlardan foydalanadi.
Ba'zi chumoli turlari suv yuzasida ko‘prik hosil qilib, boshqalarini o‘tishga qulay sharoit yaratadilar.
Xulosa
Chumolilar kichik bo‘lsa-da, ularning ekotizimdagi roli juda muhimdir. Ular o‘zlariga xos ijtimoiy tuzilishga ega bo‘lib, tabiiy muvozanatni saqlashda yordam beradi. Shuning uchun chumolilarni o‘rganish biologiya va ekologiya sohalari uchun katta ahamiyatga ega.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish