CHUMCHUQLAR



CHUMCHUQLAR (Passer) — to’qimachilar oilasiga mansub qushlar urug’i. 17 turi bor. Rangi har xil: qora, oq, jigarrang va sariq tusi ko’proq. Narining tomog’i qora. O’troq, ko’chib yuruvchi va mavsumiy qushlar. Daraxt, bino va boshqa joylarga uya quradi. 3-6 ta tuxum qo’yadi. Tuxumini 11-12 kun bosadi. O’simlik urug’lari va mevalari bilan oziqlanadi; odatda, jo’jalarini hasharotlar bilan boqadi. Afrika, Yevropa, Osiyoda tarqalgan. O’zbekistonda hind chumchug’i, dala chumchuq, qora tomoq chumchuq, saksovul chumchug’i uchraydi. Chumchuqlar — donli ekinlarning xavfli zararkunandalari. Chumchuqlarga qarshi kurashda kimyoviy va biologik usullardan foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz