Chumchuq




Chumchuqlar (Passer) — toʻqimachilar oilasiga mansub qushlar urugʻi. 17 turi bor. Rangi har xil: qora, oq, jigarrang va sariq tusi koʻproq. Narining tomogʻi qora. Oʻtroq, koʻchib yuruvchi va mavsumiy qushlar. Daraxt, bino va boshqa joylarga uya quradi. 3—6 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 11—12 kun bosadi. Oʻsimlik urugʻlari va mevalari bilan oziklanadi; odatda, joʻjalarini hasharotlar bilan boqadi. Afrika, Yevropa, Osiyoda TapKalgan. Oʻzbekistonda hind chumchugʻi, dala chumchuq, qora tomoq chumchuq, saksovul chumchugʻi uchraydi. Ch. — donli ekinlarning xavfli zararkunandalari. Ch.ga qarshi kurashda kimyoviy va biologik usullardan foydalaniladi.


uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz