Chulim




Chulim — Sibir (RF Krasnoyarsk oʻlkasi va Tomsk viloyati) dagi daryo. Ob daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 1799 km, havzasining maydoni 134 ming km². Kuznetsk Olatovidan boshlanuvchi Beliy va Chyorniy Iyus daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 785 m³/sek. Okt.— noyabrda muzlab, aprel— mayda muzdan boʻshaydi. Yirik irmoqlari oʻngdan: Kemchug , Chichkayul; chapdan — Kiya, Serej, Uryup, Yaya. Yogʻoch oqiziladi. Quyilish joyidan 1173 km masofada kema qatnaydi. Ch. boʻyida Nazarovo, Achinsk, Asino shaharlari joylashgan.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz