Chukurova Universiteti




Chukurova Universiteti (CU) Adana shahrida joylashgan davlat universitetidir. Universitet 20 ming gektar maydonda qurilgan. Shuningdek universitet talaba va xodimlarning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun zamonaviy uslubda qurilgan va jihozlangan. Meryem Tuncel 2020-yil 14-avgustdan boshlab universitet rektori lavozimida ishlab kelmoqda.


Umumiy ma'lumot



Chukurova Universitetida 16 ta fakultet, 1 ta davlat konservatoriyasi, 13 ta kasb-hunar maktabi, 3 ta institut va 25 ta tadqiqot markazlari mavjud.

2012-yil holatiga koʻra Chukurova Universitetida 1900 nafar ilmiy hodim 45000 nafar talabaga ta’lim bergan. Universitetda professor-oʻqituvchilar, talabalar va tadqiqotchilar uchun zarur boʻlgan milliy va xalqaro nashrlarni oʻz ichiga olgan Chukurova Universiteti markaziy kutubxonasi mavjud.

Tarix



Universitetning poydevor qoʻyish marosimi 1971-yilning 5-yanvarida Bosh vazir Sulaymon Demirel va MHP rahbari Alparslan Turkesh ishtirokida boʻlib oʻtdi. Dastlab universitet 2 ta fakultet bilan faoliytini boshlagan. 1992-yilga kelib Chukurova universitetida 6 ta fakultet, 11 ta kollej, 3 ta institut, 1 ta davlat konservatoriyasi va 22 ta tadqiqot markazi bor edi. 2009-yilda Jeyhan muhandislik fakulteti, 2012-yilda Farmatsevtika, Kozan biznes boshqaruvi va Jeyhan veterinariya fakultetlari tashkil etilgan.

Akademik birliklar



Fakultetlar

Institutlar

Kasb-hunar maktablari

Balcali kampusi



Chukurova universitetining asosiy kampusi Balcali kampusidir. Kampusning nomi universitet tashkil etilishidan avval kampus hududida boʻlgan Balcali qishlogʻi nomida olingan. Kampusda boshqaruv va ta'lim boʻlinmalaridan tashqari laboratoriyalar, Balcali kasalxonasi, markaziy kutubxona , sport inshootlari, Fevzi Chakmak Talabalar yotoqxonasi, 5-yanvar talabalar yotoqxonasi, Chukurova talabalar yotoqxonasi, Toroslar talabalar yotoqxonasi, Adana talabalar yotoqxonasi va Mahmut Sami Ramazanogʻlu yotoqxonasi kabi yotoqxonalar mavjud.

Havolalar



Rasmi sayt

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz