Chukotka muhtor okrugi
Chukotka muxtor okrugi (eskim: Чукоткакэн Автономныкэн округ) — Rossiya Federatsiyasidagi muxtor okrug. 1930-yil 10-dekabrda tashkil etilgan. Rossiya Federatsiyasining chekka gaim.sharqida. Chukotka yarim orol va materikning bir qismi hamda orollar (Vrangel, Ayon, Arakamchechen, Ratmanov va boshqalar)da joylashgan. Sharqiy Sibir, Chukotka va Bering dengizlari bilan chegaradosh. Okrugning koʻpgina qismi Shimoliy Kugbiy doiradan shimolida. Maydoni 737,7 ming km². Aholisi 73,8 ming kishi (2002), asosan, ruslar (66%), shuningdek, ukrain; shimoliy xalklaridan: eskimos, even, chuvan, yukagir va boshqa yashaydi. Shahar aholisi 69,3%. 8 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 3 shahar, 15 shaharcha bor. Markazi – Anadir shahri Boshqa shaharlari – Bilibino, Pevek. Chukotka muxtor okrugio. hududida paleolit davridan odamlar yashab kelgan. 17-asrda Chukotkani Rossiya egallagan. 19-asrning 20-yillaridan amerika sanoatchi va savdogarlari kela boshlagan.
Sharqiy Sibir va Chukotka dengizlarining qirgʻoqlari kam oʻyilgan, yirik qoʻltigʻi – Chauna qoʻltikchasi. Bering dengizida chuqur fordlar va yirik qoʻltikdar bor. Okrug hududini oʻrab turgan dengizlar yilning koʻp qismida muz bilan qoplanib yotadi. Okrugning markaziy qismda Anadir yassitogʻligi, janubi-sharqida Anadir payettekisligi, shimoli-sharkda Chukotka togligi (eng baland joyi 1843 m) bor. Foydali qazilmalardan qalay, simob ruda konlari, toshkoʻmir, qoʻngʻir kumir, gaz va boshqa topilgan.
Iklimi qattiq sovuq. Ichki rlarda keskin kontinental. Qishi 10 oygacha davom etadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Bering dengizi sohillarida –15°, –21°, ichki qismlarida –27°, –39°. Eng past temperatura –38°, –55°. Kishda kuchli shamollar esadi. Yozi qisqa, salqin va seryogʻin. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 5–10°, Anadir payettekisligida 13°– 14°. Yiliga 200–500 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri okrugning janubiy qismida 80–100 kun. Keng maydonlar koʻp yillik muzlok, yerlardan iborat. Daryolari Shimoliy Muz okeani va Tinch okean havzalariga mansub. Eng yiriklari: Anadir, Velikaya, Amguema, Omolon, Kagga va Kichik Anyuy. Koʻl koʻp. Okrug urmonli tundra, tundra va arktika choʻllari zonasida joylashgan. Tuproqlari, asosan, togʻtundra tuproqlari, pasttekisliklarda gleyli, gleylibotqoq va torfgleyli tuproqlar mavjud. Tundra oʻsimliklari usadi. Togʻlarning yuqori yon bagʻrilarida va Vrangel o.da arktika muz sahrolari bor. Anadir va boshqa yirik daryolar havzasida toʻptoʻp oʻrmonlar (tilogʻoch, terak, koreys toli, qayin, qandagʻoch va boshqalar) uchraydi. Chukotka muxtor okrugio.da qutb tulkisi, boʻri, rosomaxa, burunduq, olmaxon, lemming, oq quyon, qoʻngʻir va oq ayiqlar; qushlardan oq va tundra kuri, oʻrdak, gʻoz, oqqush va boshqa yashaydi. Sohilda "qushlar bozori"da kayra, gaga, chagʻalaylar bor. Dengizlarda baliq (keta, gorbusha, golets) va dengiz hayvonlari (morj, nerpa va boshqalar) koʻp. Daryo va koʻllarda chir, nelma, xarius mavjud. Vrangel oroli qoʻriqxonasi bor.
Okrug iqtisodiyotida kon sanoati yetakchi oʻrinda. Oltin, qalay, volfram, simob, koʻmir qazib olinadi. Issiqlik elektr markazlari bor. Baliq, qurilish materiallari sanoatlari rivojlangan. Baliq, moʻynali va dengiz hayvonlari ovlanadi. Qishloq xoʻjaligida yetakchi tarmoq – buguchilik. Sut chorvachiligi, choʻchqachilik, parrandachilik, shuningdek, darrandachilik (oq tulki, kumush rangqora tulki kupaytiriladi) salmoqli oʻrin egallaydi. Issiqxona xoʻjaligi rivojlangan. Kartoshka, sabzavot yetishtiriladi.
Asosiy transport turlari – dengiz va havo transportlari. Portlari: Pevek, Provideniya, Anadir, Egvekinot, Bering. Kema katnaydigan daryolari: Anadir, Velikaya, Katta va Kichik Anyuy. Qattiq qoplamali yoʻllar uz. 1279 km. (2002). Chukotka muxtor okrugio.da umumiy taʼlim maktablari, oʻrta maxsus bilim yurtlari, kutubxona, oʻlkashunoslik muzeyi, sanatoriykurort muassasasi va boshqa bor.
Hududiy boʻlinishi
uz.wikipedia.org