Chukotka dengizi
Chukotka dengizi — Shimoliy Muz okeanining chekka qismida joylashgan dengiz. Shimoliy Osiyo va Shimoliy Amerika qirgʻoqlari yaqinida o'rnashgan. Sharqda Bofort dengizi, janubda Bering boʻgʻozi orqali Sharqiy Sibir dengizi bilan tutashib turadi. Maydoni 620,000 km (240,000 mi²) ni tashkil etadi. Oʻrtacha suv hajmi 51 ming km ga teng. Koʻp qismining chuqurligi 25–50 m dan 200 m gacha yetadi.
Eng katta qoʻltiqlari:
Yirik orollari:
Iqlimi
Iqlimi Arktika iqlimiga xos. Qishda shimoli-sharqiy shamollar esib turadi, havo harorati —20°, –30° ga, ayrim vaqtlarda esa –42°, –49° gacha pasayadi. Yozda koʻproq shimol shamollar esib, iyulning oʻrtacha tempaturasi dengiz ustida 7°, 13°, qirgʻogʻida 26° gacha koʻtariladi. Qishda suvning harorati –1,7°, –1,8° ga yetadi. Syvning o'rtacha shoʻrligi 32,5–33,5‰, qirgʻoq yaqinidagi suvda esa 24‰ dan 27‰ gacha bo'lishi kuzatilgan. Yozda suv yuzasida (ochiq dengizda) shoʻrlik 28–32‰, tempaturasi 3°dan 7° gacha koʻtariladi. Chukotka dengiziga Bering boʻgʻozi orqali Bering dengizidan iliq oqim (suv), aksincha, shimoliy-sharqdan Sharqiy Sibir dengizidan sovuq oqim kirib keladi. Qishda Chukotka dengizi muz bilan qoplanadi. Dengizda suv qalkishi yarim sutkada takrorlanib turadi (balandligi 0,9 m gacha).
Tabiati
Dengizda sovuq suv sharoitiga moslashgan oʻtlar, ayniqsa, dengiz karami koʻp o'sadi. Hayvonlardan morj, tyulen, nerpa, muzlarda oq ayiq, baliqlardan xarius, navaga, golets, qutb treskasi mavjud. Yozda dengiz sohillarida oʻrdak, gʻoz, gaga, chagʻalay kabi qirg'oqbo'yi qushlari yashaydi.
Portlar
Chukotka dengizi dan Shimoliy dengiz yoʻli oʻtadi, eng katta porti — Welen (Chukotka yarim orolda) hisoblanadi. Dengiz sohillarida bir necha kichik portlar, qutb stansiyalari joylashgan. Aholisi baliq va dengiz hayvonlarini ovlash, bugʻuchilik, morj suyagidan buyumlar yasash bilan shugʻullanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org