CHUKOTKA DENGIZI



CHUKOTKA DENGIZI – shimoliy Muz okeanining chekka dengizi; Osiyo bilan Shimoliy Amerika qirg’oqlari yaqinida. Sharqda Bofort dengizi, Janubda bering bo’g’ozi orqali Sharqiy Sibir dengizi bilan tutashib turadi. Maydoni 595 ming kilometr kvadrat. O’rtacha suv hajmi 51 ming kilometr kub. Ko’p qismining chuqurligi 25-50 metrdan 200 metrgacha. Eng katta qo’ltiqlari: Kolyuchi (Osiyo) va Kosebu (Shim. Amerika). Yirik orollari: Vrangel, Gerald, Kolyuchi, Puffin. Iqlimi Arktikaga xos. Qishda shimoliy Sharqiy shamollar esib, havo temperaturasi -20°, -30° ga, ayrim vaqtlarda esa -42°, -49° gacha pasayadi. Yozda ko’proq shimol shamollar esib, iyulning o’rtacha temperaturasi dengiz ustida 7°, 13°, qirg’og’ida 26° gacha ko’tariladi. Qishda suvning temperaturasi -1,7°, -1,8°, sho’rligi 32,5 33,5%o, qirg’oq yaqinida 24%s dan 27%s gacha. Yozda suv yuzasida (ochiq dengizda) sho’rligi 28— 32%”, tempraturasi 3°dan 7° gacha ko’tariladi. Chukotka dengiziga bering bo’g’ozi orqali bering dengizidan iliq oqim (suv), aksincha, shimoli sharqsan Sharqiy Sibir dengizidan sovuq oqim kirib keladi. Qishda Chukotka dengizi muz bilan qoplanadi. Dengizda suv qalqishi yarim sutkalik (0,9 metrgacha). Sovuq suv sharoitiga moslashgan o’tlar, ayniqsa, dengiz karami ko’p usadi. Hayvonlardan morj, tyulen, nerpa, muzlarda oq ayiq, baliqlardan xarius, navaga, goles, qutb treskasi bor. Yozda dengiz sohillarida o’rdak, g’oz, gaga, chag’alay kabi qushlar yashaydi. Chukotka dengizidan shimoliy dengiz yo’li o’tadi, eng katta porti — Uelen (Chukotka yarim orolida). Dengiz sohillarida bir necha kichik portlar, qutb styalari joylashgan. Aholisi baliq va dengiz hayvonlarini ovlash, bug’uchilik, morj suyagidan badiiy buyumlar yasash bilan shug’ullanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz