Chu-Ili togʻlari




Chu-ili togʻlari - Janubiy Qozogʻistondagi yemirilgan past togʻli oʻlka. Jan.sharqda Orqa Ili Olatovi, shimoli-gʻarbda Betpaqdala bilan tutashadi. Jan.sharqiy qismi Aytov (eng baland joyi 1800 m — Ch.Chu-Ili togʻlarining eng baland qismi) deb nomlanadi. Aytovning janubi-gʻarbiy yon bagʻri tik, shimoli-sharqiysi yotiq. Uning sharqida Qorauy platosi, shimoli-sharqida Xontov joylashgan (eng baland joyi 1200 m). Xontovning shimoli-gʻarbidagi yemirilgan past togʻli Jeltov Betpakdalaga tutashadi. Aytovning janubidagi Kopii botigʻi uni Kandiktos togʻidan ajratib turadi. Ch.Chu-Ili togʻlari qadimiy togʻlar boʻlib, zamini, asosan, paleozoy, usti mezokaynozoy yotqiziklari (slanets, granit, ohaktosh, gipssimon jinslar, qumtoshlar) dan tashkil topgan. Qishi sovuq, yozi quruq va issiq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —14°, —15°, iyulniki 23°—25°. Yiliga 350–400 mm yogʻin tushadi, shimoli-sharqiy yon bagʻrida 200–250 mm. Togʻlarning quyi qismida choʻl, soʻngra adir, yuqori kismida togʻ mintaqasi mavjud. Yon bagʻirlari choʻldasht oʻsimliklari bilan qoplangan.

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz