CHUHRA OQOSI — hukmdor shaxsiy gvardiyasi, xos soqchilar — chuhra boshlig’i. Chuhra oqosi lavozimiga hukmdor e’tiborini qozongan shaxslar tayinlangan va ular saroyni qo’riqlashga mas’ul hisoblangan. Mavqeiga ko’ra, Chuhra oqosi yasovul hamda jarchi safida turgan. Chuhra oqosi ga bakovul va sharbatdor kabi amaldorlar mavqeiga ega bo’lgan chuhraboshi bo’ysungan. Harbiy yurishlarda ishtirok etish uchun jalb qilingan Chuhra oqosi o’n boshi (dahboshi) vazifasini bajargan. Xonliklar tugatilgach, Chuhra oqosi lavozimi ham barham topdi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish