CHUCHMOMADOSHLAR



CHUCHMOMADOSHLAR — piyozboshli va ildizpoyali, hasharotlar yordamida changlanuvchi ko’p yillik o’tlardan iborat turkumlarni o’z ichiga olgan oila. Gullari ikki jinsli, to’g’ri yoki sal qiyshiq. Gulqo’rg’oni ikki doyra hosil qilib o’rnashgan. Mevasi ko’sakcha. Oilaning, asosan, tropik va subtropik o’lkalarda tarqalgan 90 turkumi (1000 turi) mavjud. Shundan O’zbekistonda 4 turkumi (8 turi) o’sadi. Chuchmomadoshlarning barcha vakillari manzarali (istirohat bog’lari, xonadonlar va oranjereyalarda o’stiriladi). Dorivor turlari (masalan, omonqora) ham bor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz