Chu tumani




Chu tumani  — Jambul viloyatining janubiy-sharqida joylashgan hudud. 1931-yili tashkil topdi. Moʻyinqum, Qoʻrday, Merki, Risqulov tumanlari bilan va Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Tuman hududi 12,0 ming km². Aholisi 95 093 kishi (2011). Tuman markazi — To'lebiy qishlog'i.

Aholisi




Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, tumanda asosan qozoqlar (66,4 %), ruslar (15,5 %), turklar 4,1 %), ozarbayjonlar (2,8 %), kurdlar (2,6 %), v.x. mallat vakillari istiqomat qilishadi. Aholining 1 km²-ga hisoblaganda zichligi 7,7 kishi. Tuman aholisining 40,2 % shahar aholisi tashkil qiladi.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz