Christos Tzolis




Christos Tzolis (talaffuzi: Kristos Tzolis) (2002-yil 30-yanvarda tugʻilgan) — yunon professional futbolchisi, Erediviziyaning „Tvente“ klubida, „Norvich Siti“ klubidan ijaraga olingan va Gretsiya milliy futbol terma jamoasida qanot oʻyinchisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Dastlabki faoliyati



Tzolis oʻzining birinchi futbol qadamlarini oʻzining qishloq jamoasi „Doxa Pentalofos“ akademiyasida boshlagan. U 2006-yildan 2010-yilgacha, „PAOK“ga qoʻshilishdan oldin u yerda oʻynagan. 2015-yilda oʻsha paytdagi 13 yoshli oʻsmir 13 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Lennart-Yoxansson kubogida katta taassurot qoldirdi. Oʻng oyoqli vinger besh oʻyinda 11 ta gol urdi va jamoasini finalga olib chiqdi. Finalda yutqazganiga qaramay, u oltin butsani qoʻlga kiritdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2018-yilda u „PAOK“ga qaytdi va PAOK U17 jamoasi uchun 25 oʻyinda 29 ta gol urdi, shu jumladan chempionat yarim finalida „Panatinaikos“ darvozasiga ikkita gol urdi.

PAOK



2020-yil 20-iyun kuni 18 yoshli futbolchi oʻzining ikkinchi oʻyinida ajoyib texnikani namoyish etib, muhim hisobni tenglashtirdi. Eslatib oʻtamiz, joriy mavsumda Tzolis Superliga U19 oʻrtasidagi atigi 23 ta oʻyinda 19 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Tzolis 2019-20 yilgi mavsumda Superligada gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

2020-yil 25-avgust kuni Tzolis 2020-21-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi saralash bosqichi va pley-off bosqichida „Beshiktosh“ga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi, shuningdek, Tzolis Dimitris Pelkasga golli uzatma berdi. 2020-yil 11-sentabrda u 2020-21-yilgi mavsumning ochilish oʻyinida „AEL“ darvozasiga yagona gol urdi va oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2020-yilning 17-sentyabrida Tzolis klub bilan shartnomasini sotib olish shartisiz 2024-yilgacha uzaytirdi. 2020-yil 5-noyabrda u UEFA Yevropa ligasining 2020-21-yilgi mavsumi guruh bosqichida PSV Eyndxovenga qarshi oʻz uyida 4:1 hisobida gʻalaba qozondi va „PAOK“ga UEFA Yevropa Ligasining keyingi bosqichiga chiqish imkoniyatini oshirishga yordam berdi.

Norwich city



2021-yil 12-avgustda Tzolis „PAOK“ klubini tark etib, nomaʼlum toʻlov evaziga Premer-liganing „Norvich Siti“ klubiga besh yillik shartnoma asosida qoʻshildi. U 24-avgust kuni kanareykalar safida ajoyib debyut qildi va dubl qayd etdi, yana ikkita golga assistentlik qildi, bu esa jamoasiga „Bornmut“ustidan 6:0 hisobida gʻalaba qozonish va APL kubogining uchinchi bosqichiga chiqishga yordam berdi. U maydondagi harakati uchun oʻyinning eng yaxshi futbolchisi (man of the match) deb topildi.


"Twente"ga ijaraga



2022-yilning 22-iyulida u Gollandiyaning „Twente“ klubiga bir mavsumga ijara asosida oʻtdi.

Xalqaro darajadagi faoliyati



Tzolis Gretsiya sharafini 17 va 19 yoshgacha boʻlgan oʻyinchilar oʻrtasidagi turnirlarda himoya qildi. 17 yoshgacha boʻlganlar darajasida u 9 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi. 2020-yil 7-oktabr kuni Tzolis 82-daqiqada Dimitris Limnios oʻrniga maydonga tushganidan soʻng Avstriyaga 2:1 hisobida magʻlub boʻlib, kattalar terma jamoasidagi debyutini oʻtkazdi. Debyut paytida Tzolis Gretsiya terma jamoasi tarixidagi eng yosh 7-oʻyinchiga aylandi. 2020-yil 11-noyabr kuni Tzolis Kiprga qarshi oʻyinda 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, xalqaro maydondagi ilk golini kiritdi.

Shaxsiy hayoti



Uning ota-onasi Albaniyaning Dropul shahridan boʻlib, mamlakatdagi yunon ozchiligiga mansub.

Faoliyat statistikasi



Klubdagi natijalari




2022-yil 15-yanvar holatiga ko`ra[11]

Xalqaro maydonda



2021-yil 8-sentabr holatiga ko`ra

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Gretsiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Tzolisning har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi[12]

Yutuqlari



Klub



PAOK

Individual




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz