Christoph Willibald Gluck




Christoph Willibald Gluck (1714.2.7, Erasbax, Bavariya — 1787.15.11, Vena) — avstriya kompozitori, musiqiy klassitsizmning yirik vakili. 1752 yildan asosan Venada yashab, saroy operasida dirijyor va kompozitor boʻlgan. Vena klassik maktabining ilk opera islohotchisi sifatida "Orfey va Evridika" (1762), "Alsesta" (1767), "Ifigeniya Tavridada" (1779) kabi 100 dan ortiq operalarini yaratdi. Bularning eng yetuklari gʻoyaviy va badiiy mazmundor, ifodaviy vositalari xilma-xil boʻlib, qahramonlarning kuchli his-tuygʻulari, matonatli xulqiy fazilatlari bilan ajralib turadi. G. ariya, ansambl va balet lavhalarini izchil musiqa rivojiga boʻysundirdi, ularni yirik sahnalarga birlashtirib, operaning musiqiydramatik keskinligini kuchaytirdi, saroy spektakllariga xos dabdabali yuzaki tomoshalarga barham berdi. G. fransuz hajviy opera janrida ham ijod qilgan. "Soxta choʻri" (1758), "Aldangan qozi" (1761), "Nogahon uchrashuv yoki "Makka hojilari" (1764) va b. asarlarida Sharq mavzularini ekzotik tarzda aks ettirgan.

Manbalar




Adabiyotlar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz