Christo van Rensburg
Christo van Rensburg (1962-yil 23-oktabrda tugʻilgan) — Janubiy Afrikalik sobiq professional tennischi.
Van Rensburg 1983-yilda professional tennisga aylandi. U oʻsha yili Clivlandda ATP Tourda birinchi juftlik chempionligini qoʻlga kiritdi.
Van Rensburg oʻz faoliyati davomida 20 ta yuqori darajadagi juftlik unvonini qoʻlga kiritdi, shu jumladan 1985-yilda Paul Annacone bilan hamkorlikda Avstraliya Ochiq chempionatida erkaklar oʻrtasidagi Grand Slam (Katta dubulgʻa)ning juftlik chempioni boʻldi. Shuningdek, u 1987-yilda Orlandoda va 1989-yilda Yoxannesburgda ikkita ATP yakkalik chempionligini qoʻlga kiritdi. Van Rensburgning karyerasidagi eng yuqori reytingi yakkalik bahslarida dunyoda 19-oʻrin (1988-yilda erishilgan) va juftlik bahslarida jahonda 5-oʻrin (1987-yilda erishilgan) edi. 1995-yilda u professional tennisni tark etdi.
Van Rensburg Wimbledonda Pete Samprasni toʻgʻridan-toʻgʻri magʻlub etgan ikki kishidan biri edi(1990 yilda, Sampras dunyoning 12-raqamli tennischisi boʻlgan), ikkinchisi 1996-yil chempioni Richard Krajicek.
Tennis faoliyatining tugatilishi
Van Rensburgni oldinda yana sakkiz yillik tennis faoliyati bor edi. Bu davr endi Grand Slam(Katta dubulgʻa) turnirlari kabi yuqori darajadagi gʻalabalarni oʻz ichiga olmadi. Ammo 90-yillarning boshlarida Cristo yana ikki marta ATP turniri turnirlarining finaliga chiqdi.(Juftlik bahslarida 11ta shunday final boʻlgan, ulardan sakkiztasida qatnashgan). Gʻalabalar tarixida AQSh, Yaponiya, Italiya, Shveytsariya, Argentina va Isroil davlatlaroga qarshi musobqalari ham bor edi. Van Rensburgning hamyurti, yaqinda juftlik bahslarida dunyoning 1-raqami Dany Visser, eng yaxshi o‘nta o‘yinchi Richy Reneberg va Todd Woobrley hamda yetakchi juftliklar Grant Conel-Patrick Halbright, Daniel Nestor-Mark Noulz va Daniel Vacek-Yevgeniy Kafelnilar qatoriga qo‘shildi. Bular barchasi magʻlubiyatga uchragan tennis yulduzlar edi.
ATP turnir finallari
Yakkalik bahslar: 6 (2 ta unvon, 4 ta ikkinchi oʻrin)
Juftliklar: 32 (20 ta unvon, 12 ikkinchi oʻrin)
ATP Challenger va ITF Futures finallari[2]
Yakkaliklar: 6 (5-1)
Juftlik bahslar: 8 (6-2)
Sport faoliyati tarixi
Yakkalik bahslar
Juftlik bahslar
Aralash juftliklar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org