Christina Koch
Christina Koch ( talaffuzi: Kristina Kuk 1979-yil 29-yanvarda tugʻilgan) — amerikalik muhandis va NASA astronavti. U Shimoliy Karolina shtat universitetida elektrotexnika va fizika fanlari bo'yicha bakalavr hamda elektrotexnika fanlari magistri darajasini olgan. U Goddard kosmik parvozlar markazida ishlab, ilg'or ta'lim oldi. U Milliy okean va atmosfera ma'muriyatida Amerika Samoasi stantsiyasi boshlig'i sifatida faoliyat yuritgan.
Christina 2019-yil 14-mart kuni Xalqaro kosmik stansiyaga 59, 60 va 61 - ekspeditsiyada parvoz muhandisi sifatida uchdi. 2019-yil 18-oktyabrda u va Jessika Meir, Xalqaro kosmik stansiyadan tashqarida joylashgan blokini almashtirish uchun birgalikda faoliyat olib borishdi, natijada ochiq koinotda ishlagan birinchi ayollar sifatida tarixda qolishdi. Christina 2019-yil 28-dekabr kuni koinotda eng uzoq parvoz qilish bo‘yicha rekordni yangiladi. U 2020-yil 6-fevralda koinotdan qaytdi.
Koch Time jurnalining 2020-yilning "nufuzli 100 kishisi" ro‘yxatiga kiritilgan.
Erta hayot va ta'lim
Christina Michigan shtatining Grand Rapids shahrida tug'ilgan. Christinaning bolalikdagi orzusi kosmonavt bo'lish edi.
Christina 1997-yilda Durhamdagi Shimoliy Karolina fan va matematika maktabini tamomlagan, soʻngra Rolidagi Shimoliy Karolina shtat universitetiga oʻqishga kirgan. U yerdan elektrotexnika va fizika boʻyicha ikkita fan bakalavri (2001) va magistrlik darajasini oldi. 2001-yilda u Goddard kosmik parvozlar markazida NASA akademiyasi dasturining bitiruvchilri safida edi.
Tadqiqot va trening
Christina kosmik fan asboblarini ishlab chiqish va muhandislik sohalarida ishlagan.
NASA GSFC yuqori energiyali astrofizika laboratoriyasida elektrotexnika muhandisi boʻlib ishlagan. Hamda astrofizika va kosmologiyani oʻrganuvchi NASAning bir qancha missiyalariga hissa qo'shgan . Shu vaqt ichida u Merilend shtatidagi Montgomeri kollejida ishlagan va fizika laboratoriyasi kursini boshqargan.
Christina 2004-yildan 2007-yilgacha Amerika Qo'shma Shtatlari Antarktika dasturida tadqiqotchi bo'lib ishlagan hamda uch yarim yil davomida Arktika va Antarktika mintaqalarida sayohat qilgan. Antarktidada bo'lganida, Koch o't o'chirish guruhlari va okean/muzliklarni qidirish va qutqarish guruhlari a'zosi bo'lib xizmat qilgan.
2007-yildan 2009-yilgacha Koch Jons Xopkins universiteti qoshidagi Amaliy fizika laboratoriyasining kosmik bo'limida elektrotexnika muhandisi bo'lib ishlagan hamda kosmik fan asboblarini yaratishga e'tibor qaratgan. U NASA missiyalari uchun radiatsiya zarralarini o'rganuvchi asboblarga, jumladan Juno va Van Allen zondlariga hissa qo'shgan. 2012-yilda u Milliy Okean va Atmosfera Boshqarmasida (NOAA) ikkita lavozimda ishlagan: avval NOAAning Barrou Alyaskadagi (hozirgi Utqiaġvik) Global monitoring boʻlimi bazaviy observatoriyasida dala muhandisi, soʻngra Amerika Samoa rasadxonasi stansiyasi boshligʻi.
Astronavt faoliyati
Koch 2001-yilda GSFCdagi NASA Akademiyasi dasturini tamomlagan. U 2002-yildan 2004-yilgacha
GSFC yuqori energiya astrofizikasi laboratoriyasida elektrotexnika muhandisi bo‘lib ishlagan.
2013-yil iyun oyida Koch NASA tomonidan Astronavtlar guruhi 21 tarkibiga kiritildi. U 2015-yil iyul oyida treningni tugatdi va u kelajakdagi missiyalar uchun tayyorlandi. U tayyorgarlik davomida: Xalqaro kosmik stansiya tizimlari bo'yicha intensiv o'qitish, kosmosda yurish, robototexnika, fiziologik tayyorgarlik, T-38 parvozini tayyorlash, suv va cho'lda omon qolish bo'yicha mashg'ulotlarni o'tagan.
2019-yil 14-mart kuni Koch 59/60/61 Ekspeditsiya ekipajiga qo‘shilish uchun Aleksey Ovchinin va Nik Xeyg bilan birga Soyuz MS-12 da Xalqaro kosmik stansiyaga uchdi.
Koch o'zining birinchi EVA ni 29-mart kuni o'tkazishi kerak edi; ammo skafandr o'lchami bilan bog'liq muammolar tufayli bu keyinroqqa qoldirildi. Koch 18-oktyabr kuni XKSning energiya tizimlari va fizika observatoriyalarida uzoq davom etgan tayyorgarliklardan so'ng, Jessika Meir bilan, birinchi ayollardan iborat koinot sayohatini amalga oshirdi..
2019-yil 17-aprelda, Tijorat ekipajini rivojlantirish dasturi bilan qayta tayinlash jadvallari tufayli Kochning missiyasi 2020-yil fevraligacha uzaytirildi. U 6-fevral kuni 328 kundan so‘ng Yerga qaytdi va Peggi Uitsonning (289 kun) rekordini yangiladi. Kochning kengaytirilgan missiyasi uzoq muddatli kosmik sayohatning ayollarga jismoniy, biologik va ruhiy ta'sirini o'rganish uchun xizmat qildi.
Koch NASAning 2025-yilga mo'ljallangan Artemis dasturi uchun ekipaj a'zolaridan biri sifatida saylandi.
Shaxsiy hayot
Koch turmush o'rtog'i Robert bilan Texasda yashaydi. U sayr qilishni, toshga chiqishni, eshkak eshishni, suzishni, yugurishni, yoga bilan shug'ullanishni, jamoat ishlarini va sayohat qilishni yaxshi ko'radi.
Mukofot va unvonlar
Koch NASA va Jons Xopkinsdagi faoliyati davomida bir qator mukofotlarni qo'lga kiritdi, jumladan, NASA guruhining muvaffaqiyati mukofoti, Jons Xopkins universiteti amaliy fizika laboratoriyasi, "Yil ixtirosi" nominatsiyasi, 2009-yil; Amerika Qo'shma Shtatlari Kongressi Antarktika xizmati medali, "Qish mavsumi" farqi bilan, 2005-yil; NASA Group Achievement mukofoti;
2020-yil dekabr oyida Kochga Shimoliy Karolina shtat universitetining faxriy fanlar doktori ilmiy darajasi berildi.
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org