Christina Cole
Christina Cole (1982-yil 8-mayda tugʻilgan) — britaniyalik aktrisa. Sky One telekanali efirga uzatgan gʻayritabiiy teleserial Hexda ijro etgan Cassie Hughes roli bilan tanilgan.
Yoshligi
Londonda tug‘ilgan Cole oilada uchta farzandning eng kattasidir. Uning Cassandra ismli singlisi va Dominic ismli akasi bor. Colening onasi telemarkaz menejeri, otasi esa haydovchilik boʻyicha oʻqituvchi. Cole Oxford drama maktabida tahsil olgan va uni 2002-yilda tugatgan.
Faoliyati
Cole drama maktabida oʻqiyotgandayoq What a Girl Wants (2003) filmida Clarissa Payne rolini qoʻlga kiritadi. U suratga tushishni boshlash uchun maktabni erta tugatadi. Keyinchalik, u Clwyd Theatr Cymruda Romeo va Juliet spektaklida Juliet rolini ijro etadi.
Colening birinchi bosh roli Hex teleserialida Cassie Hughes edi. U butun birinchi mavsumda va ikkinchi mavsumning dastlabki uchta epizodida Cassie onbrazini tasvirlagan. Hammuallif Jemima Rooper Colening serialni tark etishiga uning davom etmaslik istagi sabab boʻlganini taʼkidlaydi.
Hexdan ketganidan soʻng, Cole tanqidchilar tomonidan eʼtirof etilgan BBC teleseriali Jane Eyreda Blanche Ingram rolini oʻynadi va Doctor Who teleserialining The Shakespeare Code nomli epizodida Lilith rolini oʻynadi. Aktrisa David Tennant bilan birga serialning uchinchi seriyasining DVD versiyasidagi epizodga audio sharh beradi.
Uning boshqa rollari ichiga James Bond filmlar tizimidan kichik bir qismni oʻz ichiga oladigan Casino Royale (2006) filmi, Nassaudagi Ocean Club Hotelda qabulxona xodimi sifatidagi roli hamda Amerika televideniyesida birinchi koʻrinishi boʻlgan Cane teleserialidagi pilot epizodida Diana Mann rollari kiradi.
Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion rollari
Videooʻyinlarda
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org