Christian Nørgaard




Christian Thers Nørgaard (1994-yil 10-martda tugʻilgan) — daniyalik professional futbolchi, Premer liganing Brentford klubi va Daniya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Nørgaard oʻz vatanida „Brøndby“ jamoasi bilan mashhurlikka erishadi.

Klublardagi faoliyati



Erta faoliyati



Yarim himoyachi Nørgaard oʻz faoliyatini oʻz vatani Daniyada BK Heimdal va Espergærde IF jamoalari bilan boshlagan. 2008-yilda Lyngbyda yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. U 2011-12-yilgi mavsumda asosiy jamoaga uchta oʻyin uchun chaqiriladi va 2011-yilning 20-noyabrida HB Koge jamoasiga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushadi. Ikki oy oʻtgach, Nørgaard AC Milan va TSG 1899 Hoffenhaymning 400 000 evrolik takliflarini rad etadi. Lekin u birorta ham oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushmaydi va 2013-yilga kelib klubni tark etish qarorini qabul qiladi.


Brøndby IF



2013-yil 21-avgustda Nørgaard Daniya Superligasi klubi „Brøndby“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaydi. Klubdagi qiyin kechgan dastlabki uch mavsumdan soʻng, yangi bosh murabbiy Aleksandr Zorniger qoʻl ostida jamoada muntazam asosiy tarkibda maydonga tushadi va yangi 2+1⁄2 yillik shartnoma imzolaydi. Nørgaard 2017-yilda Brøndby jamoasining eng yaxshi futbolchisi deb topiladi va 2017-18-yilgi Daniya kubogida kumush medalni qoʻlga kiritadi. Nørgaard 2018-yil iyul oyida rasman klubdan ketayotganligini eʼlon qiladi. U ketguniga qadar Brøndby jamoasi safida 145 ta oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan edi.

Fiorentina



2018-yil 19-iyulda Nørgaard Italiyaga koʻchib oʻtadi va A Seriyaning „Fiorentina“ klubi bilan taxminan 3,5 million yevro evaziga toʻrt yillik shartnoma imzolaydi. Lekin bor yoʻgʻi 6 ta oʻyinda maydonga tushgach, 2019-yilning may oyida klubni tark etadi.

Brentford



2019-yilning 28-mayida Nørgaard Angliyaga koʻchib oʻtadi va nomaʼlum toʻlov evaziga toʻrt yillik shartnoma asosida Brentford jamoasiga qoʻshiladi. Nørgaard 2019-20-yilgi mavsumda 45 ta oʻyinda maydonga tushadi. 2020-yil sentyabrida u yangi toʻrt yillik shartnoma imzolaydi.

Nørgaard 2020-21-yilgi mavsumni yarim himoyada asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida boshlaydi. Ammo 2020-yil 4-oktyabrda Preston North End jamoasiga qarshi oʻyinda toʻpigʻidan jarohat olib maydonni tark etadi. Nørgaard 2021-yil fevral oyi oxirida jamoaga qaytadi va mavsum oxirida u 3-5-2 sxemasi asosida himoyachi sifatida maydonga tushiriladi. U ushbu mavsumni umumiy hisobda 22 ta oʻyin va 1 ta gol bilan yakunlaydi.

Nørgaard 2021-22-yilgi mavsumning ochilish kunida, Arsenal klubiga qarshi uchrashuvda Brentforddagi ikkinchi golini kiritadi. U 2021-yil dekabr oyi oxirida yangi 3+1⁄2 yillik shartnoma imzolaydi. Nørgaardning oʻyinlari klub tarafdorlari va oʻyinchilari tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotlari bilan taqdirlanadi. U 2021/22-yilgi mavsumni 38 ta oʻyinda 3 ta gol urgan holda yakunladi.

Brentfordning 2021-22-yilgi mavsumdagi soʻnggi oʻyini oldidan tizzasidagi muammo tufayli Nørgaard Brentfordning 2022-23-yilgi mavsumoldi oʻyinlarining koʻp qismini oʻtkazib yuboradi. U 2022-yil 30-iyulda mavsumoldi soʻnggi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga qaytadi va mavsum boshidagi 4 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol uradi. Ammo, u yana axil payidagi jarohatining asorati tufayli safdan chiqishga majbur boʻladi.

Xalqaro faoliyati



Nørgaard Daniyaning U16 va U21 terma jamoalari safida 73 ta oʻyinda gʻalaba qozongan va beshta gol urgan. U daniyaliklarning 2011-yilgi U17 jahon chempionati hamda 2015 va 2017-yilgi Yevropa U21 chempionati tarkibiga kiritilgan. Nørgaard 2018-19-yilgi Millatlar ligasi guruh bosqichi va 2018 va 2019-yillarda Yevro-2020 saralash oʻyinlarida kattalar jamoasi safida toʻrt marta zaxira oʻrindigʻida qolib ketgan. 2020-yil 8-sentabrda Nørgaard kattalar jamoasidagi birinchi oʻyinini Millatlar ligasida doirasida Angliyaga qarshi kechgan oʻyinda oʻtkazadi. 2020-21-yilgi mavsumda yana uchta oʻyinda maydonga tushgan Nørgaard Daniya terma jamoasining Yevro-2020 uchun saralangan jamoasi tarkibiga kiritiladi. U daniyaliklarning yarim finalgacha boʻlgan olti oʻyinidan beshtasida zaxiradan maydonga tushadi.

Shaxsiy hayoti



Nørgaard Kopengagenda tugʻilgan va besh yoshidan boshlab Espergærdeda yashagan. Oila qurgan va bitta oʻgʻli bor.

Faoliyatining statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlari



Brondby

Brentford

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz