Christian Fuchs (sotsiolog)
Christian Fuchs avstriyalik sotsiolog olim. Fuchs Vestminster universitetining Media, kommunikatsiya va sotsiologiya professori bo‘lib, u yerda Aloqa va media tadqiqot instituti (CAMRI) direktori sifatida ham faoliyat olib boradi. U shuningdek , "Communications, Capitalism Critique" ochiq jurnalining muharriri sifatida ham tanilgan. Jurnalning veb-sayti kapitalizm va aloqa bahslarida keng ko‘lamli tanqidiy tadqiqotlarni taklif etadi. Ushbu akademik ochiq jurnal yangi maqolalar, maxsus sonlar, sharhlar, mulohazalar, konferensiyalar va tadbirlar haqidagi ma'lumotlar va boshqa jurnalga xos ma'lumotlarni o‘z jurnalida nashr etadi. Fuchs, shuningdek, jamiyat va raqamli ommaviy axborot vositalarining o‘zaro ta'sirini o‘rganadigan tadqiqotchilarning butun dunyo bo‘ylab fanlararo tarmog‘i bo‘lgan AKT va Jamiyat tarmog‘ining ham mutahassisi hisoblanadi.
Fuchs zamonaviy ijtimoiy tarmoqlarni o‘rganishda katta ta'sir ko‘rsatgan shaxslardan hisoblanadi. Uning o‘zi Internet va jamiyat tahlillarini taqdim etish uchun YouTube va Vimeo‘dan doimiy foydalanadi. U, shuningdek, Twitter ijtimoiy media platformasidan foydalanadi, u yerda jamiyat, ommaviy axborot vositalari, madaniyat, siyosat va internet haqidagi turli g‘oyalarni taqdim etadi.
2015-yildan 2017-yilgacha Christian Fuchs Yevropa sotsiologiya assotsiatsiyasining ijroiya kengashi a'zosi bo‘lib, u yerda 2017-yilda Afinada bo‘lib o‘tgan ESA konferensiyasini tashkil etishda muhim rol o‘ynagan.
Fuchs asosan sotsial sohalarda tadqiqotlar olib borib ular o‘z ichiga ijtimoiy nazariya, tanqidiy nazariya, tanqidiy raqamli va ijtimoiy media tadqiqotlari, Internet va jamiyat, ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalarning siyosiy iqtisodiyoti va axborot jamiyati nazariyalarini qamrab oladi.
2014-yilgi "Ijtimoiy media:tanqidiy kirish" kitobida Fuchs media olimi Henry Jenkinsni va 2007-yilda Jenkinsning "madaniyatdagi ishtirok"ni o‘rganadigan "Konvergentsiya madaniyati" kitobini tahlilida kuch va tenglik kabi omillarni istisno qilgani uchun tanqid qildi va Jenkinsni ta'kidladi "madaniy reduksionist" deya hisoblashini ta'kidlab o‘tadi.
Kitoblar (monografiyalari)
Tahrirlangan kitoblar va to‘plangan jildlari
Maqolalari
Manbalar
uz.wikipedia.org